«Mayliku-ya…»

Date:

U mahalla raisi oldiga kelib o‘zini nochordan olib nochorga soldi va moddiy yordam so‘radi.
— Qo‘ldan berganga qush to‘ymaydi, uka, − dedi rais. − Yaxshisi yuzta tovuq olishingga ko‘maklashaman. Kuniga 70-80 tadan tuxum tug‘sayam ro‘zg‘oringga baraka kiradi, sotib, pul topasan. Tovuq yetti xazinaning biri, axir.
— Mayliku-ya, − dedi u chaynalib. − Lekin hovlimda tovuq katagim yo‘q-da…
− Unisigayam ko‘ndim, − oqsoqol yon bosdi. − Ikkita yigitga aytaman tovuq katak qurishingga yordamlashadi. Bo‘ladimi?
— Mayliku-ya, − u yana chaynaldi. − Bir tovuqqa ham suv kerak, ham don, deganlariday, yuzta tovuqni qanday boqaman?
— Bu yog‘ini o‘ylama, − raisning ensasi qotsayam sezdirmadi. − To‘rt-besh kunga yetadigan yem topib beraman.
— Mayliku-ya, − battar chaynaldi u. – Ammo, to‘rt-besh kundan keyin nima qilaman? Tovuq boqishning o‘zi bo‘ladimi?
Raisning jahli chiqdi:
— Unda ketaver. Tovuqlarni katagi bor, don-dun topadigan boshqa oilaga beramiz. Bo‘ladimi?
— Mayliku-ya, moddiy yordam-chi? Moddiy yordam nima bo‘ladi?
— Moddiy yordam senga to‘g‘ri kelmaydi!.. Sur g‘altagingni…
U o‘sha kunning o‘zida raisning ustidan shikoyat yozdi…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun