…oldindan to‘lab beriladi

Date:

Bir paytlar momo va bobolarimiz pensiya va nafaqa to‘lovlarini olish uchun oylab sarson bo‘lishardi. Kimlardir bu to‘lovlardan manfaatdor bo‘lar, xalq tili bilan aytganda “pulni aylantirib olish” degan gap-so‘zlar bolalasa hamki, ana shunday ishni o‘ziga ep bilguvchilar to‘g‘ri xulosa chiqarmas, ularga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmas edi. Yaxshiyamki, bunday holatlarga chek qo‘yildi. Pensiya va nafaqa pullari o‘z vaqtida — har oyning boshida tushadigan bo‘ldi va keksa yoshdagi shaxslarni ortiqcha navbatlar-u kutishlariga chek qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yillik bayrami munosabati bilan joriy yilning 1-sentyabr – juma hamda 2-3-sentyabr shanba va yakshanba dam olish kuniga to‘g‘ri kelayotgani esa pensiya yoshidagi insonlarni intiq qiladigan bo‘ldi deyishingiz mumkin. Ammo, yurtimizdagi keksa yoshdagi fuqarolarni, pensiya va nafaqa oluvchilarni, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda Mustaqillik bayramini ko‘tarinki ruhda kutib olishlarini ta’minlash maqsadida, pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz (bank karta) shaklda oluvchi fuqarolarning joriy yilning sentyabr oyi uchun pensiya va nafaqalari 2023-yilning 29-31-avgust kunlari ularning bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladigan bo‘ldi. Bu xabar esa keksalarimizni quvontirishi aniq.
Eslatib o‘tish joizki, naqd pul shaklida pensiya va nafaqa oluvchilarga to‘lovlar 2023-yilning 4-sentyabrida kun boshidan Xalq banki sayyor kassalari tomonidan grafikka muvofiq amalga oshiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Fayz” savdo markazi ochildi…

Bugun Bandixon tumani aholisi uchun unutilmas shodiyona kun...

“G‘armaqo‘rg‘on” yo‘llari asfaltlanmoqda

Ko‘chalarimizning notekis o‘nqir-cho‘nqirligi nafaqat kayfiyatimizga balki xavfsizligimiz uchun ham...

Jarimasi bor…

Telefonsiz hayotimizni tasavvur eta bo‘lmas darajaga yetganmiz. Uyda ham,...

Yig‘im-terim avj oldi

Kuz fasli qishloq xo‘jaligi sohasida yil davomida amalga oshirilgan...
KunTun
KunTun