Surxondaryoda “Avgust anjumani” bo‘lib o‘tdi

Date:

Mustaqilligimiz sharofati bilan qadriyatlar tiklanib, «o‘qituvchi», «murabbiy», «muallim», «domla» kabi so‘zlar «ustoz» deya ataluvchi oliy maqom bilan sharaflanadigan bo‘ldi. Ustozlarning mehnatlari samarasini Viloyat Professional ta’lim muassasalarida farzandlarimizni milliy tabiatimizga yot va zararli bo‘lgan illatlar ta’siridan himoya qilish, mustaqil fikrlaydigan, iymon-e’tiqodli, barkamol insonlar etib tarbiyalab, ijobiy natijalarga erishayotganliklaridan ko‘rish, bilish mumkin.


Ana shunday ishlarni davom ettirish maqsadida mustaqilligimizning 32 yilligi arafasida Termiz shahridagi Sanʼat saroyida “Sifatli ta’lim va malakali mutaxassis – barqaror iqtisodiyotning asosi” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan “Avgust anjumani” o‘tkazildi. San’at saroyiga kiraverishda barcha professional taʼlim muassasalari tomonidan o‘zaro tajriba almashish va yoshlarning iqtidorini namoyon etish maqsadida o‘qituvchi va o‘quvchilarning qo‘l mehnatidan yaratilgan ijod namunalari ko‘rgazmaga qo‘yildi.


Ko‘tarinki ruhda boshlangan tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari Ilhom Safarov, Surxondaryo viloyat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi hamda barcha professional taʼlim muassasalarining ustoz va murabbiylari ishtirok etdi.


Zamonaviy ta’lim tizimining eng asosiy talabi ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalab, voyaga yetkazish bo‘lsa, bu sohada ta’lim va tarbiyaning o‘rni beqiyosdir. Tadbirda Surxondaryo viloyat hokimi o‘rinbosari Ilhom Safarov bugungi kun o‘qituvchisi va murabbiy-tarbiyachilarning oldida har qachongidan ko‘ra muhim va dolzarb vazifalar turganini alohida ta’kidladi.


Shuningdek, anjumanda o‘quv yili samarali mehnati, shijoati, ulkan tajribasi bilan shaxsan hissa qo‘shgan hamda respublika ko‘rik-tanlovlarida ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan bir qator direktorlar, o‘qituvchi va murabbiy-tarbiyachilar viloyat hokimligi va Surxondaryo viloyat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tomonidan faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Naimullo Muhibulloyev,

Islom Mengliyev

(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qumqo‘rg‘onda raqamli xizmatlar markazi ish boshladi

Qumqo‘rg‘on tumanida aholiga zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli xizmatlarni...

Teng huquq — teng imkoniyat: ayollar himoyasining yangi mezonlari

Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash demokratik huquqiy davlatning muhim...

Favqulodda vaziyatlarda volontyor — ko‘makchi kuch va insonparvarlik timsoli

            Favqulodda vaziyatlar inson hayoti va salomatligiga, mol-mulk...

595 ta tashqi reklamaning 293 tasi qonunga zid

Termiz shahrida tashqi reklama vositalarini joylashtirish tartibiga rioya etilishi...
KunTun
KunTun