Аl Hakim at-Termiziyning “yo‘qolgan” asari topilib, nashr etildi

Date:

Al Hakim at-Termiziy bobomiz haqida juda yaxshi bilamiz. U kishi mangu qo‘nim topgan makon mashhur ziyoratgoh bo‘lib, tez-tez ziyorat uchun borib ham turamiz. Ayniqsa, allomadan biz avlodlargacha yetib kelgan asarlar boy ilmiy meros sanaladi. Aniq raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Аl Hakim at-Termiziy (820-932) 400 dan ortiq kitob yozgan bo‘lib, ulardan 60 ga yaqini bizgacha yetib kelgan xolos. Аllomaning asarlari Parij, Qohira, Damashq, Iskandariya, Istanbul va London kabi shaharlardagi qo‘lyozmalar jamg‘armalarida saqlanadi.
Ammo, qolgan asarlarining topilmagani, qanchadan-qancha qimmatli ma’lumotlar sirligicha qolgani, bizgacha yetib kelmagani avlodlarni xafa qiladigan jihat. Xuddi shunday yurtimizda tasavvuf va tafsir ilmining rivojlanishini boshlab bergan qomusiy olim Аl Hakim at-Termiziyning Movarounnahrda Qurʼon sharhiga bag‘ishlangan ilk asar sifatida baholangan kitobi bugungacha “yo‘qolgan” deb kelinardi.
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Jo‘rabek Cho‘tmatov izlanish olib borib, ushbu asar qo‘lyozmasini Turkiyaning Burdur shahridan topdi va uni nashrga tayyorlagani quvonchli hodisa, albatta.
Aytish kerakki, dunyo tadqiqotchilari eʼtiboriga havola etish maqsadida asar arab tilida Istanbul shahridagi “Dor al-kutub-arabiyya” nashriyotida “Bahr at-tafsir” (“Tafsir ummoni”) nomi bilan chop etildi. Yana bir jihat, asarning o‘zbek tilida ham nashr etilishi o‘zbek kitobxonlarining-da ushbu nodir asardan bahramand etishiga imkoniyat yaratadi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termizda OAV uchun saylovoldi matbuiot anjumani tashkil etildi…

Termiz shahridagi Termiz davlat universitetida viloyat hududiy saylov komissiyasining...

Yubileyga hozirlik qizg‘in

Ma’lumki, Prezidentimizning 2024-yil 15-avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini...

Folklor jamoalariga musiqa asboblari topshirildi

Ish qurolimiz bor ekan, mashaqqatimiz oz bo‘lur. Ayniqsa, san’at...

“Machay”da maktabga qo‘shimcha bino qurildi…

Bugun mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilayotgan keng...
KunTun
KunTun