Jarimalar oshadi

Date:

2026-yil 1-sentyabrdan bazaviy hisoblash miqdori 440 ming so‘m etib belgilanishi bilan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar ham yangi miqdorlarda qo‘llaniladi.

Yangilangan tartibga ko‘ra, xavfsizlik kamarini taqmaslik uchun 220 ming so‘m, qizil chiroqda harakatlanish yoki rulda telefon ishlatish uchun 1 million 320 ming so‘m jarima belgilanadi. Tezlikni oshirish, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqish va mast holda avtomobil boshqarish kabi xavfli qoidabuzarliklar uchun esa bir necha million so‘mgacha jarima va haydovchilik huquqidan mahrum qilish jazolari qo‘llanadi.

Mutaxassislar fikricha, jarimalarning oshirilishi yo‘llarda intizomni kuchaytirish, avariya va inson talofatlarining oldini olishga xizmat qiladi. Shu bois haydovchilarga qoidalarga qat’iy rioya qilish tavsiya etilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun