Muzokaralar manfaatli kechdi

Date:

Surxondaryo viloyatida xorijiy investitsiyalarni jalb etish va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning China Railway Construction Corporation Limited kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralarda zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, yo‘l-transport va logistika sohalarida istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar loyihalarning iqtisodiy samaradorligi, investitsiyaviy jozibadorligi hamda hududning sanoat va logistika salohiyatini oshirishdagi ahamiyatini alohida ta’kidladilar. Yakunda texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni tayyorlash va amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun