Yirik pul o‘tkazmalari nazoratga olinadi

Date:

O‘zbekistonda banklar va soliq organlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvi kuchaytirilishi rejalashtirilmoqda. Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan qaror loyihasiga ko‘ra, bir oy davomida jismoniy shaxslarning bank kartalariga boshqa fuqarolar kartalari yoki elektron hamyonlaridan 206 million so‘m va undan ortiq mablag‘ kelib tushsa, bu haqdagi ma’lumotlar soliq organlariga elektron tarzda taqdim etiladi. Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari bundan mustasno bo‘ladi.

Shuningdek, fuqarolar nomidan xorijdagi kompaniyalarga amalga oshirilgan to‘lovlar yuzasidan ham soliq organlariga axborot berish tartibi joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Mutaxassislar fikricha, yangi tizim yashirin daromadlarni aniqlash, soliqqa oid shaffoflikni oshirish va raqamli iqtisodiyotda moliyaviy nazoratni kuchaytirishga xizmat qiladi. Loyiha bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi 8-iyulgacha davom etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun