Termiz — mintaqalarni bog‘layotgan strategik ko‘prik

Date:

Poytaxtda o‘tkazilgan “Tinchlik, o‘zaro bog‘liqlik va barqarorlik: umumiy farovonlik poydevorini shakllantirish” mavzusidagi Termiz muloqotining ikkinchi yig‘ilishi ishtirokchilari Surxondaryo viloyatida bo‘lib, hududning xalqaro hamkorlik va mintaqalararo aloqalarni rivojlantirishdagi salohiyati bilan tanishdi.

Mehmonlar “Termiz Kargo Markaz” xalqaro transport-logistika xabi, “Termiz” xalqaro savdo markazi erkin savdo zonasi hamda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Taqdimotlar davomida Termizning Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘lovchi muhim logistika, savdo va ta’lim markaziga aylanib borayotgani alohida ta’kidlandi.

Xususan, xalqaro savdo markazi va logistika infratuzilmasi mintaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilmoqda. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish markazi esa qo‘shni mamlakat uchun malakali kadrlar tayyorlash orqali barqaror taraqqiyot va o‘zaro ishonchni mustahkamlashga hissa qo‘shmoqda.

Tadbir davomida O‘zbekistonning ochiq va pragmatik tashqi siyosati, Termizning esa Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantiruvchi strategik ko‘prik sifatidagi o‘rni yana bir bor namoyon bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun