Osiyo kubogida 7 ta oltin

Date:

Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l shahrida milliy sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo kubogi musobaqasida Surxondaryo viloyati sportchilari xalqaro Jang kurashi yo‘nalishida muvaffaqiyatli ishtirok etib, O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildi.

Nufuzli turnirda 7 yoshdan kattalar toifasigacha bo‘lgan sportchilar bellashib, surxondaryolik vakillar 7 ta oltin va 4 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar orasida 14–15 yosh toifasida Nazarbek Abdurayimov, Sarvar Subhonov va Shoxrux Turayev, 16–17 yosh qizlar o‘rtasida Sabrina Mallayeva, shuningdek, 8–9 yosh toifasida Omadbek Xursanov oltin medal sohibi bo‘ldi. Shu yosh guruhida Nurmuhammad Nurmamatov va Quvonchbek Tojiyev bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Ushbu natijalar Surxondaryoda milliy sport turlarini rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish hamda xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sporti nufuzini oshirish borasidagi izchil ishlarning amaliy samarasi sifatida baholanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Millat Shavkati” — tarixiy xotira va milliy o‘zlik haqida

Kitob — millatning tarixiy xotirasi, ma’naviy tajribasi va bugungi...

Obod mahalla sari ezgu tashabbus

Mahalla obodligi, avvalo, shu hududda yashayotgan aholining daxldorligi va...

Muammoga manzilli yondashuv

Mahallalarda aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish, bandlikni ta’minlash...

Yong‘in xavfsizligi — muhim talab

Qurilish jarayonida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish inson hayoti...
KunTun
KunTun