Yetkazilgan suvyaroqsiz… midi?!

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2026-yilning dastlabki 5 oyi davomida fuqarolardan kelib tushgan 1 273 ta murojaat o‘rganib chiqildi.
Tahlillarga ko‘ra, murojaatlarning 94 foizi ijobiy hal etilgan bo‘lib, iste’molchilar va tadbirkorlik subyektlari foydasiga jami 1,8 milliard so‘m miqdorida qayta hisob-kitob amalga oshirilgan. Eng ko‘p murojaatlar uy-joy, kommunal va transport sohasi (900 ta), savdo va umumiy ovqatlanish (264 ta), shuningdek, ijtimoiy hamda boshqa yo‘nalishlarga tegishli masalalarni qamrab olgan.
Ta’kidlash joiz, 2025-yil davomida ham qo‘mita tomonidan 21 ta yo‘nalishda keng ko‘lamli o‘rganishlar olib borilib, natijada 69 mingdan ortiq iste’molchining buzilgan huquqlari tiklangan. Ushbu jarayonlarda 1,7 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilinib, fuqarolar manfaatiga qaytarilgan. Shuningdek, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida 15 dan ortiq sudlarga da’vo arizalari kiritilgan.
Mazkur ko‘rsatkichlar iste’mol bozori ustidan davlat nazorati kuchayib borayotgani hamda fuqarolar murojaatlariga tezkor va samarali javob berish mexanizmi shakllanayotganini ko‘rsatadi.
O‘rganishlar davomida tibbiyot muassasalarida pullik xizmatlar narxlarini asossiz qo‘llash holatlari ham aniqlangan. Jumladan, viloyat Ko‘z shifoxonasida 11 mingdan ortiq iste’molchidan 43 million so‘m ortiqcha mablag‘ undirilgani ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, Respublika ixtisos-lashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat filialida 40 mingdan ortiq iste’molchi bilan bog‘liq hisob-kitoblarda xatoliklar aniqlanib, natijada qariyb 383 million so‘m asossiz daromad shakllangani qayd etilgan.
Kommunal sohada esa “Surxondaryo-suvta’minot” AJ tomonidan 950 ta xonadonga iste’molga yaroqsiz ichimlik suvi yetkazib berilgani sabab 31 million so‘m qayta hisob-kitob amalga oshirilgan. Nazorat xaridlari doirasida 32 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar tekshirilib, ularning 22 turida yaroqlilik muddati o‘tganligi aniqlangan. Qoidabuzarliklar yuzasidan tegishli subyektlarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilib, ishlar sud organlariga yuborilgan. Bu holatlar oziq-ovqat xavfsizligi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Surxondaryoda iste’molchilar huquq-larini himoya qilish borasidagi tizimli ishlar bozor munosabatlarida shaffoflikni oshirish, sifatsiz xizmat va asossiz narx belgilash holatlarini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ayniqsa, tibbiyot, kommunal va savdo sohalarida aniqlanayotgan kamchiliklar nazorat mexanizmlarini yanada takomillashtirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini esa yangi bosqichga olib chiqish zarurligini yaqqol ko‘rsatadi.
Umuman olganda, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar Surxondaryoda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish tizimi izchil mustahkamlanib borayotganini va bu jarayon aholining iqtisodiy huquqlarini ta’minlashda muhim rol o‘ynayotganini tasdiqlaydi.

A.Ro‘ziyev,
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarni himoya qilish
qo‘mitasining viloyat hududiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xush vaqtingiz noxush bo‘lmasin

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida suv...

Beshta spin-off… o‘nta patent olinadi

Mamlakatimizda oliy ta’limni rivojlantirish orqali malakali kadrlar tayyorlashga alohida...

Yetkazilgan suvyaroqsiz… midi?!

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish...

Pensiya uygacha boradi

Inson qadri va manfaatlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan...
KunTun
KunTun