Samarasiz bogʻlar yangilanmoqda

Date:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 14-may kuni oʻtkazilgan yigʻilishda bogʻdorchilik sohasini rivojlantirish, samarasiz bogʻlarni yangilash hamda sanoatlashgan bogʻlar tashkil etish boʻyicha muhim vazifalar belgilab berildi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Angor tumanida faoliyat yuritayotgan 103 ta fermer xoʻjaligida monitoring ishlari oʻtkazildi. Oʻrganishlar natijasida 47 ta fermer xoʻjaligiga tegishli jami 282 gektar bogʻ maydoni samarasiz deb topildi.

Ayni paytda ushbu bogʻlarni bosqichma-bosqich yangilash, zamonaviy intensiv bogʻlar tashkil etish ishlari boshlab yuborildi. Yangilanish jarayonlarida davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va qoʻllab-quvvatlash mexanizmlaridan samarali foydalanish koʻzda tutilgan.

Mazkur chora-tadbirlar natijasida bogʻdorchilikda hosildorlikni oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda fermer xoʻjaliklarining daromadlarini koʻpaytirishga erishiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun