Surxondaryoda iqtisodiy taraqqiyot jadallashadi

Date:

Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida Surxondaryo viloyati delegatsiyasi 16 ta nufuzli xorijiy kompaniya hamda xalqaro tashkilotlar vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvlarda sanoat, energetika, tog‘-kon, logistika, ta’lim va xizmatlar sohalarida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, eksport salohiyatini oshirish va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, viloyatning boy resurs bazasi, qulay geografik joylashuvi va transport-logistika imkoniyatlari xorijiy investorlar e’tiboriga havola etildi. Muzokaralar yakunida hamkorlar tomonidan Surxondaryoda yangi loyihalarni amalga oshirish va mavjud tashabbuslarni kengaytirishga katta qiziqish bildirildi.
Bunday xalqaro muloqotlar hududga investitsiyalar oqimini ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun