Qizlarimiz kubok sohibi

Date:

Jizzax viloyatida basketbol bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Jizzax davlat pedagogika universitetida tashkil etilgan bellashuvlar keskin kurashlar va murosasiz raqobat ostida o‘tdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Surxondaryo viloyati jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab, O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi. Ikkinchi o‘rin Qoraqalpog‘iston Respublikasi, uchinchi o‘rin esa Jizzax viloyati jamoasiga nasib etdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bosh sovrin — O‘zbekiston kubogi esa tantanali ravishda Surxondaryo jamoasiga topshirildi.

Mazkur g‘alaba mamlakatda ayollar sporti, xususan, yoshlar basketbolini rivojlantirish, iste’dodli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda hududlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlash borasidagi ishlarning amaliy natijasi sifatida baholanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun