Gaz quvurlari xavfsiz hududlarga ko‘chirilmoqda

Date:

Ne’matlardan unumli foydalanish yaxshi, albatta. Ammo, isrof qilish, e’tiborsizlarcha munosabatda bo‘lish nafaqat uvol, balki salbiy oqibatlarga olib kelishi bilan kishini xushyorlikka chorlaydi. Shu sababdan ham elektr energiyasi, gaz ta’minoti, suvni tejash haqida bot-bot to‘xtalamiz. Birgina gazdan chiqadigan uchqun va portlashlar, e’tiborsizlarcha munosabatda bo‘lishning oqibati ko‘plab hayotiy misollar sabab bizni sergaklantirishi kerak. Ammo, afsuski har doim ham sergaklanmayapmiz. “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali va uning tuman, shahar gaz taʼminoti bo‘limlari yer osti gaz quvurlarining muhofaza zonasida qurilgan bino va inshootlarni xatlovdan o‘tkazganda viloyatdagi yuqori, o‘rta va past bosimli gaz quvurlarining muhofaza hududlarida 96 ta bino va inshoot barpo etilgani maʼlum bo‘ldi. Eng ajablanarlisi, ularning aksariyati tabiiy gaz quvurlari o‘tgan hudud ustida qad rostlaganida bo‘ldi.
Jumladan, Termiz shahrida gaz quvurlari muhofaza zonasi va ustidan o‘zboshimchalik bilan 8 ta inshoot qurilgan. Ushbu holat tahlil qilinganda noqonuniy qurilgan obyektlarning 1 tasi aholi turar-joyi, boshqalari xizmat ko‘rsatish binolari ekani aniqlangan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan tizim mutaxassislari mazkur obektlarning muhofaza zonasidagi tabiiy gaz quvurlarining 7 tasini zudlik bilan yer ustiga ko‘chirdi. Shu kungacha, viloyatda 67 ta inshootning yuqori, o‘rta va past bosimli gaz quvuri binoning muhofaza zonasidan tashqariga o‘tkazildi. Ayni paytda 29 ta inshootda himoya zonasining buzilish holati mavjud bo‘lib, ulardagi quvurlar ham bosqichma-bosqich xavfsiz hududlarga ko‘chirilmoqda.
Aslida uy-joy yoki ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish uchun qurilgan inshootning xavfsiz zonada bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Chunki, o‘zboshimchalik bilan yer osti gaz quvurlari ustida va muhofaza zonasida bunyod etilgan har qanday obyekt undan foydalanuvchi hayotini xatarga qo‘yishi mumkin. Xavfsizlik qoidalariga rioya etish esa bizni noxush holatlardan himoya qiladi. Holat yuzasidan gaz quvurlari ko‘chirilayotganda aholi yashaydigan hududlarda isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berishda ham xavfsizlikni taʼminlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xitoy bilan sanoat loyihalari amalga oshiriladi

Surxondaryo viloyati hokimligida Ulug‘bek Qosimov Xitoy Xalq Respublikasining “Hebei...

QOZOG‘ISTONDAN MEDAL BILAN…

Mehnat va izlanish, albatta, o‘zining ijobiy natijasini beradi. Buni...

Necha sotixgacha bo‘lgan yerlarga mulk va ijara huquqi rasmiylashtirib beriladi?

Yakka tartibdagi uy-joy qurilgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi...

Ziqna zaqqum

Kiyimlarining oxori to‘kilib, eskirib ketgan ayol, eriga yolvordi: "Jon...
KunTun
KunTun