Dehqonchilikdan 25 million so‘m daromad

Date:

Vaqtini qanday sarflash har kimning o‘ziga havola. Bekorchilikdan boylik, foyda topganni eshitmaganimizdek, harakat qilgan, mehnatda toblanganning xizmati ham yerda qolmasligi aniq. Uzunlik Shahboz Mamadaminov 22 yoshda dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lib, atrofdagilarga barokat harakatda ekanini isbotladi.
Otasidan dehqonchilik, ekin-tikin qilish sirlarini o‘rgangani as qotib, o‘zini ayni shu ishda sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi. Shu maqsadda yer ajratishlarini so‘rab qilgan murojaati qondirilib, “Yoshlar daftari”ga kiritildi va subsidiya asosida 15 sotix yer ajratildi. Ushbu yer maydoniga ishlov berib, mavsumiy poliz ekinlarini qadadi. Parvarishladi. Mehnati va mehrini ayamadi. Birinchi hosil esa yosh dehqonni xafa qilmadi. Yaxshigina daromad olib, ishiga bo‘lgan xafsalasini yanada oshirdi.
O‘z yoniga ikki nafar ishchini olib, ularning yordamiga tayanib, dehqonchilikni davom ettirayotgan Shahboz yilida o‘rtacha 20-25 million so‘m daromad ko‘rmoqda. Bu bir kishining harakati va yosh dehqon uchun albatta, yomon natija emas. Har qalay oilasini, ota-onasi va uch singlining kam-ko‘stini butlashga, ro‘zg‘or tebratishga yetayotganidan butun oila mamnun. Shahboz o‘z ishini kengaytirib, kelajakda katta reja va g‘oyalarni amalga oshirishni maqsad qilgan.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtihonda imtiyozi bor

Ta'limda teng imkoniyatlarni ta'minlash, alohida ta'lim ehtiyojiga ega bolalar...

Sun’iy intellekt yordam beradi

Raqamli texnologiyalarni davlat xizmatlariga keng joriy etish fuqarolarga qulaylik...

Sud qarori endi shart emas

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Ming gektardan oʻn ming tonna hosil…

Qishloq xo‘jaligida yer maydonlaridan oqilona foydalanish va takroriy ekinlarni...
KunTun
KunTun