Sinov va sarguzashtlarga boy yig‘in…

Date:

Ba’zi filmlarda sarguzasht izlab otlangan qahramonning qiyin vaziyatlarga tushib qolish holatlari haqidagi kinotasmalarni katta qiziqish bilan tomosha qilamiz. Hayajon va hayratimiz esa o‘zimizga ayon. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, tog‘-u toshda, kimsasiz orolda va yoki dashtmi, cho‘lgami tushib qolsangiz. Ana shunday ekstremal sharoitda sarosimaga tushishingiz aniq. ammo, bir muddatli esankirashdan so‘ng, Robinzor Kruzodek o‘zingiz uchun kashfiyotlar, qulayliklar yaratish uchun harakat qilasiz. Boshqa tomondan bu hayot qonuni. Aks holda…

Termiz tumanida joylashgan “Uchko‘l” sohili esa ana shunday sarguzashtlar uchun qulay hudud. Turli sinovlarni yengib o‘tishni o‘zlariga vazifa deb bilgan O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi a’zolari hamda harbiy xizmatchilar ekstremal sharoitlarda qanday yashash mumkinligini o‘zlarida sinab ko‘rishdi.
70 nafarga yaqin ovchi va harbiy xizmatchi ko‘ngilli sifatida ishtirok etgan bo‘lsa, taassurotlar ham shunga yarasha bo‘ldiishtirokchilar dastlab, dala chodirlari tikishdi. Foydalanishlari uchun kerak bo‘ladigan zaruriy harbiy qurol-aslahalar va ov uchun mo‘ljallangan qurollarini jam qilib, ularni taxlash, yig‘ib terish va qo‘llash ko‘nikmasini takrorlashdi. Har bir qurolning o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganildi.

Albatta, ekstremal sharoitda eng asosiysi tirik qolish, buning uchun hayvonlarni tutish, meganlik, ovchilik layoqatini ishga solish, kerak bo‘lsa qopqonlardan foydalanish shart. Ayni jihatlarda o‘zini sinagan sarguzashttalablar ilk ajdodlaridek, chaqmoqdan olov chiqarishga urinishdi. Suv topish va saqlash hamda filtrlash borasida ham harakatlari muvaffaqiyatli kechdi.

Sport quroli (TOS-8) dan aniqlikka otish, silliq stvolli quroldan stent otish esa eng qiziqarli mashg‘ulot bo‘ldi.
Har xil sharoitlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda ham imkoniyatlar, bilim va malakalar ishga solindi. Yovvoyi hayvonlarning ovozini o‘xshatish va izini aniqlash yo‘nalishlaridagi bellashuvlar esa ko‘ngillilarga yanada zavq bag‘ishladi. Buni qarangki, natijalar aniqlanib, munosiblar, jasorat ko‘rsatganlar munosib rag‘batlantirildi. Angor tumani ovchilari va harbiy xizmatchilar faxrli birinchi, Termiz tumani vakillari ikkinchi hamda Sherobod tumani ovchilari uchinchi o‘ringa loyiq topildi. Yakunda mahoratli ovchilar, harbiylar hamda faol yoshlarga qo‘mondonlik tomonidan diplom va sovg‘alar topshirildi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Soliqdan qochib…

Yaqinda kiyim-kechak do‘koniga kirib, xaridni amalga oshirganimdan so‘ng, kassada...

Sinov majburiy bo‘ladi

Palma yog‘i 45 foizgacha palmetin kislotasidan tarkib topgan. Ushbu...

Kredit olishni taqiqlash mumkinmi?

Yurtimizda oʻz-oʻziga kredit olishni taqiqlash boʻyicha yangi qonun kuchga...

Kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyiladi

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi ijrosini taʼminlash, ijtimoiy xizmat va...
KunTun
KunTun