Murojaatlar o‘rganildi

Date:

Bugungi kunda rahbarlar kursida o‘tirgan holda emas, mahallama-mahalla, kerak bo‘lsa, uyma-uy yurib, aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganishga, ko‘ngillariga qo‘l solib, dard-u tashvishlarini bilishga bel bo‘glagan davr. O‘z navbatida eshigingizni qoqib kelganning o‘zi, muammoyingizga yechim bilan kelsa, kim ham quvonmaydi, davlatdan, rahbarlardan ko‘ngli to‘lmaydi deysiz. Shu maqsadda xalq bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirish, aholi uchun dolzarb bo‘lgan muammolarni tezkor hal etish maqsadida vazirlik – idoralar, sektorlar, viloyat va tumanlardagi barcha darajadagi tashkilotlar rahbarlari tomonidan joylarda sayyor qabullar o‘tkazilish belgilanganligi bois Surxondaryo viloyatida ham fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish maqsadida Termiz shahrida joylashgan Yoshlar ishlari agentligi binosida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Y.Abdulxakov hamda vazirlik tarkibiy tuzilmalari mas’ul xodimlari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Qabul bo‘lishini eshitgan borki, o‘zlarini qiynayotgan masalalarga yechim izlab keldi. Sayyor qabul davomida turli masalalardagi 44 ta murojaat qabul qilingan bo‘lsa, ularning 42 tasi sohaga, ya’ni ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish va ID karta rasmiylashtirish, probatsiya hisobidan chiqarish, ichki ishlar organlariga xizmatga qayta tiklash, ichki ishlar organlaridan minnatdorchilik, tergovga qadar tekshiruv harakatlaridan norozilik, ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilish, sodir etilayotgan huquqbuzarlik, svetafor va yo‘l belgilarini o‘rnatish, tergov va surishtiruv harakatlaridan norozilik, IIO xodimining hatti-xarakatidan noroziligi aks etgan murojaatlar qabul qilindi. Shu bilan birga, qabulda hududdagi iqtisodiy va ijtimoiy muammolar hamda takliflar ham tinglandi.

Murojaatlarning 12 tasi joyida ijobiy hal etilib, murojaat egalarini xursand qilgan bo‘lsa, 2 tasi viloyat Xalq qabulxonasi orqali tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun vakolatli davlat organlariga yuborildi. Ko‘rib chiqish talab etilgan 27 ta murojaatning ijrosi esa nazoratga olindi. 4 nafar fuqaro muddatidan ilgari shartli ravishda probatsiya nazoratidan chiqarish masalasida, 3 nafar fuqaroning ichki ishlar organlaridan minnatdorchiligi aks etgan murojaatlar ma’lumot uchun qabul qilindi.

Sayyor qabullar davomida, O‘zbekiston Respublikasi IIV o‘rinbosari polkovnik Y.Abdulxakov tomonidan 4 nafar fuqaroga shaxsini tasdiqlovchi ID kartalar hamda xuddi shuncha fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida tan olish hujjatlari rasmiylashtirilganligi munosabati bilan ID kartalar tantanali ravishda topshirildi. ID karta olishni, qolaversa, o‘z fuqaroligi tan olinganligini xayollariga ham keltirmagan bu insonlarning yuz-ko‘zlarida quvonch, aytayotgan so‘zlarida esa minnatdorchilik ifodasi.

Ha, bugungi fuqarolik jamiyatida sizni eshitadi, kerakli yordamni ko‘rsatish uchun xizmatga shay turadi. O‘z navbatida bizdan kutilayotgani esa ushbu jamiyatda daxldorlik hissi ila yashash va yaratilgan imtiyoz, shart-sharoitlardan o‘rnida foydalana olishdir. Ana shundagina hayotimiz farovon, turmushimiz nurli bo‘ladi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

MIB xodimi jahon chempionatida…

Inson qaysi sohada faoliyat yuritmasin, qiziqishlari uni tark etmaydi....

Murosasiz bahslarda…

Maydonga tushadigan har bir sportchi raqibini yengib, g‘olib bo‘lishni...

Ilk bor urib turgan yurak ko‘chirildi

Italiyaning Paduya shahrida dunyoda birinchi marta urib turgan yurak...

“IIB bog‘i” tashkil etildi

Atrofimiz yashillikka burkansa, buning insoniyatga, ekologiya va tabatga ta’sorini...
KunTun
KunTun