VOYAGA YETMAGANLARNI MAJBURIY MEHNATGA JALB ETISH TAQIQLANADI

Date:

“Esimda, o‘quv yilini birinchi qo‘ng‘iroq sadolari ostida boshlamaganmiz. Hozirgidek o‘qishning shijoati, shukuhi ham bo‘lmagan. Sentyabr oyini o‘quvchilar paxta dalalarida boshlardilar. Kunlar sovib qolganda ham diydirabgina ko‘sak yorardik. Planni bajarish majburiyati bizning mushttekkina gardanimizga tushganidan keyin boshqa ilojimiz ham bo‘lmagan. Balki shundan biz tengqur avlod orasidan ko‘plab dala mehnatkashlari, oddiy ishchilar sinfi yetishib chiqqandir…
Paxta bo‘lmasa, boshqa sabablar tufayli o‘qishga kelmagan, maktab partasida o‘tira olmaganlar ham ko‘p edi. Kimdir bozorda arava tortsa, kimlardir ana shunday turmush tashvishlari bilan xat-savodsiz ulg‘aygani aslida fojiamiz bo‘lgan…” — deydi shovqin-suron ko‘tarib ketayotgan o‘quvchilarni kuzata turib, afsus to‘la nigohlarini uza olmay avtobusda ketayotgan amaki.
Ha, ming shukrki, bugungidek dorilomon kunlarda yoshlarning o‘qib o‘rganishlari uchun yetarlicha shart-sharoit yaratilgan. O‘qimagan, o‘qishni istamagan esa o‘ziga zarar qiladi.
Qolaversa, yoshlarni majburiy mehnatga jalb etish, ishlashga majburlash qonunchiligimizga asosan taqiqlanadi. Xalqaro mehnat tashkilotining “Majburiy mehnat”, “Majburiy mehnatni tugatish”, “Eng kichik yosh to‘g‘risida”gi va “Bolalar mehnatining eng yomon shakllari to‘g‘risida”gi konvensiyalari O‘zbekiston Respublikasida ratifikatsiya qilingan. Ushbu konvensiyalar normalariga muvofiq, milliy qonunchiligimizda o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan ularining sog‘lig‘iga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanish, shuningdek, mehnatga ma’muriy tarzda majburlash taqiqlangan.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Retseptsiz sotsa, jazosi og‘ir

2026-yil 6-martda qabul qilingan qonunga muvofiq, tarkibida kuchli ta’sir...

Ichimlik suvi tarmog‘i kengaytirildi

Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha berilgan...

Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Termiz tumanida umumxalq bayrami Navro‘zni tinch va xavfsiz muhitda...

Xonjizadan  taralgan ma’rifat  nuri

Buyuk ajdodlarimiz hayotini o‘rganish, ular qoldirgan ilmiy merosdan inson...
KunTun
KunTun