Hokim yordamchisi ko‘magi bilan ish o‘rinlari yaratilmoqda

Date:

Hokim yordamchisi lavozimi joriy etildi-yu, fuqarolarning ishsizligiga, bu yo‘ldagi sarson-sargardonchilik, kredit so‘rab oylab tijorat banklarida sarg‘ayishlarning oldi olingandek bo‘ldi. Lavozim bergan imkoniyatlardan fuqarolar o‘rinli foydalanishsa bormi, o‘zi va oilasini tebratadigan mablag‘ni topishi muammo emas. Hokim yordamchilari ham sehrgar emas, shunchaki, siz-u bizning imkoniyatimiz, qiziqishlarimiz, kasb-u korimizdan kelib chiqib, to‘g‘ri yo‘nalish berib, ish boshlashimizda, daromad manbaiga ega bo‘lishimizda bir turtki vazifasini o‘tayapti.

Tadbirli, shijoatli va ish biladigan, naf keltira oladigan mutaxassislarning ushbu lavozimga saralab olingani ham shundan aslida. Uzun tumanidagi “Qarashiq” mahallasiga savdo-sanoat palatasining Uzun tuman bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan Akbarjon Boymatov hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotir. Mahallada 5 ming 120 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Aholining asosiy daromad manbai chorvachilik va xizmat ko‘rsatishdan iborat. Hokim yordamchisi mahalla ahlini ro‘yxatdan o‘tkazayotib, ularning ko‘ngliga qo‘l solib ko‘rganida ham ularni band qilishda ko‘p qiynalmadi. O‘zlarining imkoniyatlaridan kelib chiqib, kerakli ko‘makni berdi. Buni qarangki, mehnat, intilish, tinimsiz harakati natijasida Akbarjon Boymatovning 6 oylik yakuni bo‘yicha KPI ko‘rsatkichlari a’lo darajada qayd etilgan.

— Birinchi navbatda fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatini boshlashlarida yordam bergan bo‘lsak, endilikda ularning ishlarini kengaytirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish ustida bosh qotiryapmiz, — deydi hokim yordamchisi. – Qolaversa, ikkita ko‘chani ixtisoslashtirib, xotin-qizlar uchun gilamchilik markazini tashkil etdik. Bunda ishsiz ayollar qisqa muddatda hunar o‘rganyapti, o‘zlarini ish bilan band qilib, ro‘zg‘origa bir-ikki so‘m mablag‘ kiritishyapti.

Berilgan ko‘mak va to‘g‘ri yo‘l, albatta, o‘zining ijobiy samarasini beryapti. Muhimi, har bir fuqaroga imkon berilishi shart. Ana shunday mezonlar asosida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisining yordami bilan yoshlar ham munosib qo‘llab-quvvatlanmoqda. Endigina ish boshlagan tadbirkor “Samo” xususiy korxonasi rahbari 26 yoshda. U 8 nafar mahalladoshini ish bilan ta’minlab, o‘zi va o‘zgalarga-da naf keltirayotganidan mahalla ahli shod. “Qarashiq”da qat’iyat bilan ish boshlab, muvaffaqiyatga erishayotgan bunday tadbirkorlar soni ko‘payib bormoqda.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Topshiriqlar ijrosi o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan...

Xitoyda qadimgi insonning yangi turi topildi

Inson evolyutsiyasi har doim qizg‘in bahslarga sabab bo‘lib kelgan....

Cho‘lponning yangi topilgan asari nashr etildi

Ma’rifatparvar bobolarimizning ijodiy merosi, ayniqsa, hali adabiy jamoatchilikka noma’lum...

Bayrog‘imiz jahon sahnasida

Chempionat va kurashlarda polvonlar yurtidan nomzodlar ishtirok etsa, sportchilarning...
KunTun
KunTun