“Oshqovog‘i 35 kilogram tosh bosdi…”

Date:

Abdullajon filmida rais stolini to‘ldirib turgan jo‘xori-yu bodringlarning hajmi, “Ajoyib xayolparast”dagi qahramonning quyon boqib, boyib ketish haqidagi o‘ylari o‘sha paytlar uchun reallikdan uzoq voqea bo‘lgan va o‘tkir kulgu uyg‘otgani bor gap. Ammo, bizning kunimizda bu haqiqat, oddiy holat. Zamonamiz qahramonlari tadbirkorlik, fermer-u dehqonchilik ortidan boyib ketganini so‘zlaydi. Kaftdek yerdan mo‘l hosil olib, qut-baraka mehnatda ekanini isbotlashgan.

Sho‘rchilik mirishkor dehqon Xolboy Qurbonov ham uzoq yillardan buyon yerga mehr berib kam bo‘lmadi. Tomorqasidagi 11 sotix yer maydoniga oshqovoq urug‘larini qadab, sidqidildan parvarish qildi. Bu yilgi hosil esa uni quvontirdi. Ikki kishi zo‘rg‘a ko‘tara oladigan oshqovoqlarning og‘irligi esa tarozida 35 kilogram tosh bosdi.

— Mehnat yerda qolmas ekan, — deydi X.Qurbonov. — Yerni boqsangiz, yer sizni boqishini, o‘z hayotiy tajribam, olgan hosilim misolida angladim. Ishingiz unsa, yanada shijoat bilan, ishtiyoq bilan ishga kirishar ekansiz. Ishonaman, kelgusi yil bundan-da rekord natijani ko‘rsatib, qovoqlarim shuhrati elga ovoza bo‘ladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun