“Inson uchun – 2026”: bandlikka keng yo‘l ochilmoqda

Date:

“Inson uchun – 2026” festivali doirasida mamlakatimiz hududlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlash, ularning mehnat bozoridagi faolligini oshirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli savdo-ko‘rgazma tashkil etildi.

Ko‘rgazmada “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolar bandligini ta’minlashda faol ishtirok etayotgan 130 ta tadbirkorlik subyekti va 20 nafar hunarmand tomonidan tayyorlangan qariyb 2 ming turdagi milliy mahsulotlar namoyish etildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyatidan 5 ta korxona ham ishtirok etib, ular tomonidan ishlab chiqarilgan trikotaj, tikuvchilik mahsulotlari va zamonaviy mebel jihozlari tashrif buyuruvchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Mazkur festival nogironligi bo‘lgan shaxslarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun