Festival yakunlandi

Date:

Boysun tumanida o‘tkazilgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining tantanali yopilish marosimi yuqori kayfiyat va unutilmas taassurotlar bilan yakunlandi.

Festival davomida milliy qadriyatlar, xalq og‘zaki ijodi, urf-odat va an’analar keng namoyon etilib, Boysun yana bir bor dunyo madaniy merosining noyob markazlaridan biri ekanini tasdiqladi. Turli davlatlardan tashrif buyurgan folklor jamoalari ishtirokidagi chiqishlar festivalga xalqaro ruh va o‘zgacha joziba bag‘ishladi.

Tantanali yopilish marosimida tuman hokimi Boxadir Shukurov festivalni yuksak saviyada tashkil etishda munosib hissa qo‘shgan tashkilotlar, korxona va muassasalar rahbarlari hamda fidoyi xodimlarga samimiy minnatdorchilik bildirdi. Ta’kidlanganidek, bunday yirik madaniy tadbirlar milliy merosni asrab-avaylash, yosh avlod qalbida vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shundan so‘ng folklor jamoalari tomonidan kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar va sahnaviy kompozitsiyalar namoyish etildi. Ayniqsa, qadimiy an’analarni aks ettirgan chiqishlar tomoshabinlarga ko‘tarinki ruh ulashdi.

“Boysun bahori” festivali nafaqat madaniy bayram, balki xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, hamjihatlik va madaniy almashinuvni mustahkamlovchi nufuzli xalqaro maydon sifatida o‘z ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Og‘ir mahalla”da holat qanday?

Sariosiyo tumanidagi “Kelajak sari” MFYda “Og‘ir mahalla” dasturi doirasida...

Banan yetishtirishda yangicha yondashuv

Surxondaryoning issiq iqlimi qishloq xo‘jaligida yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun...

Uch avlod — bir maktab, bir maqsad

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tajriba, bugungi...

Aktivlarga yo‘l yengillashmoqda

Tadbirkorlar uchun davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirishda yangi...
KunTun
KunTun