Gap mas’ullarda…mi?!

Date:

O‘g‘lim bilan sayrga chiqib, yo‘l-yo‘lakay shirinlik va ichimlik suvi oldik. Bola-da, harhashasiga chidash, tamaddi qilish qoidalariga biroz chekinish qilishga to‘g‘ri keladi. Ne ko‘z bilan ko‘rayki, shirinlik qog‘ozini indamaygina ko‘zimni shamg‘alat qilgancha ariqqa uloqtirib, ortimdan ergashayapti. Birdaniga ko‘z o‘ngimda biz kabi manziliga shoshayotgan yo‘lovchilar, mashinalar qatnovi bir-bir o‘tdi-da, ularning-da chiqindi tashlashlarini tasavvur qildim. O‘zimni har birimiz bitta-ku deya e’tiborsiz tashlaganlarimiz uyumida ko‘milib qolgandek, tasavvur qildim-u, tezda tizginsiz xayollarni yig‘ib, o‘g‘limga tanbeh berishni boshladim.
Gapida jon bor, anchagina yo‘lni bosib qo‘yganimizga qaramay, yo‘limizda birorta ham chiqindi qutisiga duch kelmadik. Shunday bo‘lsa-da, tashlagan chiqindimizni olib, oldinga odimladik. Aslida har bir savdo obyekti-yu, tashkilotlar binosi, avtoturargohlar va avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash maydonchalariga kirish (chiqish) yo‘llarida, ko‘p qavatli uylarning har bir kirish yo‘laklarida bir yoki bir nechta chiqindi qutilari o‘rnatilishi majburiy tartib ekani O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aniq va batafsil keltirib o‘tilgan. Nega endi mas’ullar bu borada sustkashlik qilishmoqda. Aks holda tozalikka, atrof-muhitga bo‘lgan munosabatimizga putur yetmasmikan…

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun