Yerning “tili”ni topish oson emas

Date:

Umrida bir bor ketmon ushlamagan, dehqonchilikning daragini ham eshitmaganlar tili bilan aytganda, Surxondaryo azaldan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan qotib qolgan bo‘lishi mumkin. Ammo ular biroz adashadi. Har kim ham yerga mehrini, peshona terini jo etib, undan yuqori hosil ola bilmaydi.  

Yerni boqsang, yaxshi niyat ila urug‘ qadab, mevali va manzarali ko‘shatlarni qadasang, kun kelib u ham senga mo‘l hosili bilan javob qaytaradi. Vohamiz qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgani uchun ham Surxon zaminidan yer bilan “tillasha” oladigan, ishning ko‘zini bilib, belgilangan rejadan-da yuqori xirmon ko‘tarib, ko‘ksini medallar shodasi bilan to‘ldiradigan zaxmatkash dehqonbobolar, taniqli fermerlar, agronomu, olimlar ko‘plab yetishib chiqadi.

Vohamizda pishib yetiladigan sarxil mevalaru, to‘qsonbosti ekinlaridan tortib, paxtayu bug‘doygacha — barisi quyoshning issig‘ida, tanti dehqon yo‘rig‘ida xil-xil pishadi. Shundan dunyoning har yerida xaridori ko‘p, oshig‘i olchi. Belgilangan davlat rejasini ham bajarishda vohamiz peshqadamlardan sanaladi. Dehqonning esa yuzi yorug‘, ishi besh.

Darvoqe, yerdan sifatli va mo‘l hosil olishda agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida qo‘llanishi ham ekinga “jon” kiritadi.

Agar ona zamin bag‘riga ko‘chat qadab, yoki urug‘ tashlab shundog‘icha tashlab qo‘yingchi, yaxshi samara berarmikin? Albatta yo‘q. Chunki har narsaning o‘z “tili”, “joni” borki, uni tushunadigan, unga mehr va peshona terini jo qiladigan tadbirli dehqongina sifatli va mo‘l hosil oladi.

Qumqo‘rg‘on tumanida g‘alla agrotexnikasiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi R.Gapparov, fermer xo‘jaligi rahbarlari, agronomlar ishtirok etdi. Seminarda g‘alla agrotexnikasining amalga oshirilishi  bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.

E’zoza

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘rganish ishlari olib borildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahridagi chiqindixonalarda to‘planayotgan chiqindilar oʻz vaqtida...

Bolajonlar quvonchi cheksiz

Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolajonlarning bog‘chaga qamrovini kengaytirish maqsadida hududlarda,...

Manfaatli kelishuvlarga erishildi

Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning...

35 kishining bandligi ta’minlandi

Tadbirkor tashabbus ko‘rsatib, o‘z faoliyatini boshlasa yoki ishini kengaytirsa,...
KunTun
KunTun