Ekologik ta’lim davom etmoqda

Date:

Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi 74-sonli umumta’lim maktabida xalqaro “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida ekologik ta’limni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha samarali ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Bu tashabbus yosh avlodda tabiatga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Maktab hududidagi issiqxonalarda bodring, ko‘katlar, qulupnay va turli gullar yetishtirilmoqda. Shuningdek, agroekologik maydonda quyon, tovuq, g‘oz va o‘rdaklar parvarishlanib, o‘quvchilar dehqonchilik va chorvachilik bo‘yicha amaliy tajriba orttirmoqda. Bu jarayonlar ularda mehnatsevarlik, mas’uliyat va tabiatga mehr tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

E’tiborlisi, ushbu faoliyat natijasida maktab har oy 10 million so‘mdan ortiq daromad ham olmoqda. Bu mablag‘lar ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, o‘quv sharoitlarini rivojlantirish va yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilmoqda.

Muhimi, maktab o‘quvchilari ta’til davrida ham bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazib, nafaqat dam olmoqda, balki foydali mehnat jarayonlarida faol ishtirok etib, kelajak kasblariga oid amaliy ko‘nikmalarni shakllantirmoqda. Bu esa ekologik ta’limni hayot bilan bog‘lash va yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun