Yoz — o‘tmoqda soz

Date:

Yozgi ta’til davrida bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish nafaqat dam olish maskanlari, balki ziyo maskanlarida ham samarali yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu jarayon yosh avlodning ijodiy salohiyatini rivojlantirish va kitobxonlik madaniyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasida yosh kitobxonlar ishtirokida navbatdagi ijodiy mashg‘ulot o‘tkazildi. Unda bolalar rangli qog‘ozlar va turli bezak vositalaridan foydalanib, qo‘l mehnati asosida ijodiy ishlar yaratdilar.

Mashg‘ulot davomida kutubxonachilar bolalarga amaliy ko‘nikmalar berib, ularning tasavvuri, mustaqil fikrlashi va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi.

Bunday tadbirlar bolalarning yozgi ta’tilini mazmunli o‘tkazish, estetik didini shakllantirish hamda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun