Palyativ va xospis: yagona tizim joriy etiladi

Date:

O‘zbekistonda onkologik va gematologik kasalliklarni erta aniqlash, davolash samaradorligini oshirish hamda palyativ xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshiriladi. 2027-yildan boshlab saratonga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy dastur bosqichma-bosqich joriy etilishi rejalashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev soha bo‘yicha tayyorlangan takliflar taqdimoti bilan tanishib, kasalliklarni erta aniqlash va zamonaviy davolash tizimini takomillashtirish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

Dastur doirasida aholi orasida keng tarqalgan onkologik kasalliklar bo‘yicha skrining qamrovi kamida 60 foizga yetkaziladi, saraton tashxisi qo‘yilgan bemorlarning 5 yillik yashash ko‘rsatkichi esa 35 foizdan 45 foizgacha oshiriladi.

Shuningdek, 2026-yil 1-sentabrdan palyativ va xospis xizmatlarining yagona tizimi joriy etilib, mobil brigadalar orqali og‘ir bemorlarga uy sharoitida tibbiy yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur islohotlar onkologik yordam sifatini oshirish, bemorlarni erta bosqichda aniqlash va aholiga zamonaviy tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun