Qat’iy yondashuv zarur

Date:

Somon poyalarini yoqishning inson salomatligi va tabiatga jiddiy zarar yetkazishi haqida mutasaddilar tomonidan muntazam ogohlantirishlar berib kelinayotgan bo‘lsa-da, afsuski, bunday holatlar hanuzgacha uchrab turishi tashvishlidir. Bu esa ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasida yanada qat’iy yondashuv zarurligini ko‘rsatadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qora truba” hududi atrofida bug‘doydan bo‘shagan yer maydonlarida somon yoqilayotgani yuzasidan murojaatlar e’lon qilingach, Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiya xodimlari tomonidan tezkor o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida ushbu holat “J. J” fermer xo‘jaligi hududida sodir etilgani aniqlanib, hozirda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda hamda qonuniy chora ko‘rish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, somon poyalarini yoqish atmosfera havosiga zararli moddalar tarqalishiga, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga hamda tuproq unumdorligining kamayishiga olib keladi. Shu bois fuqarolar va fermerlardan ochiq olovdan foydalanmaslik qat’iy so‘raladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun