“Yoshlar biznesi”: imtiyozli kreditlar ajratiladi

Date:

Yoshlar bandligini ta’minlash va ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bugungi kunda iqtisodiy rivojlanishning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda yoshlar tadbirkorligini rag‘batlantirishga qaratilgan yangi qaror qabul qilindi.

Adliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, “Tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash orqali yoshlar bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga (PQ–210-son, 01.06.2026-y.) muvofiq, AT “Aloqabank” tomonidan “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Unga ko‘ra, 31 yoshga to‘lmagan fuqarolarga asosiy qarz bo‘yicha 1 yilgacha, foiz to‘lovlari bo‘yicha 3 oygacha imtiyozli davr bilan, 7 yilgacha muddatga kreditlar Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foiz punkt yuqori stavkada beriladi.

Shuningdek, sug‘urta polisi yoki 3-shaxs kafilligi asosida 100 mln so‘mgacha mikroqarzlar bir qator yo‘nalishlarda ajratilishi belgilangan. Jumladan, ta’lim va xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy kasblar (IT, frilanserlik, mobilografiya, onlayn biznes), kasanachilik va tikuvchilik kabi loyihalar, shuningdek novvoychilik va qandolatchilik faoliyatlarini rivojlantirish uchun moliyaviy ko‘mak ko‘zda tutilgan.

Mazkur chora-tadbirlar yoshlarning biznes tashabbuslarini amalga oshirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun