“Onalar bog‘i” yana bittaga ko‘paydi

Date:

Yerga mehr bersang, gulu rayhonga burkasang, ekin ekib yaxshi niyat ila urug‘ qadasang, yer ham senga rizq ulashadi, sarxil mevalari bilan dillarni xushnud etadi. Har qarich yerdan unumli foydalanish, atrofni “yashil makon”ga aylantirish bugunnning talabi. Bunday jarayonlarda ayollarning ham faolligini ko‘rib ko‘zing quvnaydi.

Muzrabot tuman kasb-hunar maktabi hududidagi 5 sotix yer maydonida “Onalar bo‘g‘i” tashkil etildi. Yangi bogʻdagi koʻchat ekish ishlarida Muzrabot tumani hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Sayyora Berdiyeva,  mahalliy hokimlik mutasaddilari, nuroniylar va yoshlar, koʻngilli aholi vakillari qatnashdi.

“Onalar bog‘i”ga jam bo‘lgan xotin-qizlar ajratilgan maydonga birinchi kunning oʻzida 100 tup mevali daraxtlar — o‘rik, gilos va pavloniya koʻchatlarini qadadilar. Bundan tashqari, 300 tup gul koʻchatlari ekildi.

Hay barakalla bilan ko‘chatlarku ekishga ekildi, ammo zaminga qadalgan ko‘chatlarning yaxshi parvarishi, kelgusida mo‘l hosil berib, aholi farovonligiga xizmat qilishi hammasidan muhimi. Masalaning bu tomonini ham puxta o‘ylagan muzrabotliklar bogʻda ekilgan koʻchatlarni parvarish qilish, oʻz vaqtida sugʻorish boʻyicha mas’ullar tayinlanib, zarur tavsiyalar berildi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bunyodkorlik ishlari qizgʻin pallada

Qishloq hududlarida zamonaviy ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va maktabgacha ta’lim...

Mahorati yoshlarga ibrat

Xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilayotgan yosh sportchilar...

Qulay va zamonaviy ta’lim muhiti yaratiladi

Ta’lim muassasalarini zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlash va qishloq hududlarida...

Zamonaviy klinika ish boshladi

Aholini sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish,...
KunTun
KunTun