Yoshlar bandligi ta’minlanadi

Date:

Surxondaryo viloyati prokurori B. Babadjanov ishtirokida “Yoshlar kuni” munosabati bilan Qumqo‘rg‘on tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

“QumTeks-Invest” MChJ hududida o‘tkazilgan uchrashuvda 180 nafarga yaqin yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida viloyat prokurori yoshlarning murojaatlarini tinglab, ularni joyida hal etish hamda muddat talab etadigan masalalarni nazoratga olish bo‘yicha tegishli choralar belgiladi.

Bandlikni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mehnat yarmarkasi doirasida 15 nafar yosh ish bilan ta’minlandi, 7 nafariga imtiyozli kreditlar ajratildi, 4 nafar yoshga esa asbob-uskunalar berilib, o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish uchun sharoit yaratildi.

Shuningdek, maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Prokuror kubogi” uchun “Mantiqiy fikrlash qobiliyati” musobaqasi o‘tkazilib, g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur tadbirlar yoshlar bandligini ta’minlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda vatanparvarlik ruhini kuchaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun