Para kanoechilarimiz Osiyoda tengsiz bo‘ldi

Date:

Qozog‘istonning Turkiston shahrida para kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yuksak natijalarni qayd etib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqada ishtirok etgan 12 nafar hamyurtimiz 9 ta oltin, 7 ta kumush va 3 ta bronza medalini jamg‘arib, medallar reytingida barcha raqiblarini ortda qoldirdi. Ayniqsa, Irodaxon Rustamova va Azizbek Abdulxabibov ikkitadan oltin medalni qo‘lga kiritib, jamoa muvaffaqiyatiga munosib hissa qo‘shdi.

Mazkur natija para sportni rivojlantirish, sportchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda ularning xalqaro maydondagi mahorati tobora yuksalayotganining yana bir yorqin tasdig‘i bo‘ldi. E’tiborlisi, terma jamoamiz o‘tgan yilgi qit’a chempionatiga nisbatan medallar sonini yanada oshirib, Osiyodagi yetakchilik mavqeini mustahkamladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun