Kaftdek yerdan mo‘l hosil

Date:

Erta bahorda bozor rastalarida terib qo‘yilgan qulupnaylar ko‘zlarimizni quvnatib, ishtahamizni ochadi. Yangilikdan tatib ko‘rishga shoshamiz. Qulupnay ekib, qizarguncha bo‘lgan jarayon va mashaqqatlari haqida ko‘p ham o‘ylab o‘tirmaymiz. Buni qulupnay yetishtirishda anchagina tajribaga ega sho‘rchilik Sarvar Abdurahmonovadan-da yaxshi biladigan bo‘lmasa kerak. Kaftdekkina yeridan mo‘l hosil oladigan opaning qulupnaylari allaqachon qizarib, fevral oyidanoq sotuvga chiqqan edi. Mazasi og‘izda qoladigan qulupnaylar Sarvar opaga mo‘maygina daromad keltirdi.

— To‘g‘ri, qulupnay yetishtirish kamxarjdir, ammo juda mehnattalab, — deydi S. Abdurahmonova. — Tibbiyot birlashmasida hamshira bo‘lib ishlasam-da, yerga mehr berib, nihol ko‘kartirishni yoqtiraman. Mehnatimning rohatini nihollarim hosil tukkanda sezaman. Qulupnayning orqasidan kam bo‘lmadim, ro‘zg‘orimiz but, turmushimiz farovon. Qiz uzatib, kelin oldik. Halol mehnat yerda qolmas ekan.
“Oftobmakon”lik dehqonlar yetishtirgan qulupnaylar serhosil va hushta’m. Ularning mehnati tuman bozor va do‘konlarida bo‘y ko‘rsatayotir.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom turmush tarzi — faol harakatdan boshlanadi

Inson salomatligini mustahkamlashda muntazam jismoniy faollik muhim ahamiyatga kasb...

Kayrittepa xalqaro loyiha doirasida o‘rganilmoqda

Surxondaryoning arxeologik merosini o‘rganish va asrashga qaratilgan xalqaro loyiha...

Harbiylar oilalari uchun tikuv sexi ish boshladi

Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchilar oila a’zolari va...

Ta’lim boshqaruvida yangi tizim: yagona vazirlik oldidagi vazifalar

O‘zbekistonda ta’lim va ilm-fan sohasini yagona tizim asosida boshqarishga...
KunTun
KunTun