10 gektarga pavlovniya…

Date:

Pavlovniya daraxti juda tez o‘suvchi o‘simlik sanaladi, yerga ekilgan nihol bir yilda 5 metrgacha bo‘y cho‘zadi. Bu esa birinchi yildayoq mingta daraxtdan ming tonnagacha biomassa olish mumkin degani.
Pavlovniya daraxti haqida eshitgan inson borki, o‘simlikning noyob xususiyatlari, qanday sharoitda bo‘y cho‘zishiga qiziqishi ortmay qolmaydi. Ko‘pchilik uchun yangilik bo‘lgan pavlovniyadan yurtimizda
Pavloniya nafaqat dekorativ daraxt sifatida ko‘chalar, dam olish maskanlari, xiyobonlarni bezaydi, qimmatbaho yog‘och olish maqsadida ham ekilishi sir emas.

Tanasi chinor, bo‘yi terakka qiyoslanadigan bu daraxtning har bir qismi foyda keltiradi. U gullaganda asalarilar oilasi uchun yaxshigina asal manbai hisoblansa, gulidan kosmetika sanoatida keng foydalaniladi. Iforidan esa atir olinadi. Yana bir jihati, pavlovniya gullari boshqa daraxtlarniki singari allergiya qo‘zg‘atish xususiyatiga ega emas. O‘zidan po‘panak chiqarib, atrofni bulg‘amaydi.
Pavlovniya barglari juda katta bo‘lib, odatda 70 santimetrgacha boradi. Yaproq yozganida jaziramadan soya-salqin beradi. Sovuq tushganida esa barcha daraxtlar singari bargini yerga tashlaydi. Ishning ko‘zini biladigan chorvador barglarni darhol yig‘ib olib, quritadi-da, chorva mollarga to‘yimli ozuqa sifatida beradi. Daraxt bargi hamda shox-shabbalaridan to‘plangan chiqindidan ko‘p miqdorda bioyoqilg‘i ham olish mumkin.
Pavlovniya o‘sib-ulg‘ayganda esa sip-silliq tanasidan mustahkam va sifatli yog‘och olinadi.

Muzrabot tumani “Madaniyat” mahallasida tuman hokimi E.Alimov tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 10 gektar yer maydonida 30 ming tup yog‘ochbob, tez o‘suvchi pavloniya daraxt ko‘chatlari ekilayotir. Bu orqali tumanda yangi pavloniya plantatsiyalari barpo etiladi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oʻquvchilar ot sporti maktabida

Mamlakatimizda 1-iyundan 30-avgustgacha o‘quvchi-yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va...

Miya chipi muvaffaqiyatli oʻrnatildi

Xitoyda mart oyida oyoq-qoʻlidan ayrilgan bemorga ilk bor miya...

Jarima vaqtida yuborilmasa — bekor qilinadi

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun foto yoki video...

Davlat shifoxonamizda robot-xirurg o‘rnatildi

Yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimida ilk bor davlatga qarashli tibbiyot...
KunTun
KunTun