Ko‘ngillar tog‘ bo‘ldi

Date:

Navro‘z nafaqat milliy an’ana va uft-odatlar qadr topadigan ayyom, balki ezgu tashabbuslar qilinadigan, g‘amxo‘rlik ko‘rsatiladigan, ko‘ngillar shod etiladigan kun hamdir. Buning uchun bir bahona, kichik bir sababning o‘zi yetarlidek. Termiz tumanidagi “Otchopar” maydonida Navro‘z tantanalari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilayotgan, viloyat ahli jam bo‘lgan paytda Termiz shahar hokimligi qo‘rg‘onida qo‘shaloq bayram, qo‘shaloq shodiyona. Ikki yonda yaxshi niyat ila yozilgan dasturxonda ko‘ngli va ko‘zlari quvonchdan porlayotgan qorako‘zlar qo‘llarini duoga ochgan. Sababki, Termiz shahar hokimligi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalarning 11 nafar farzandining sunnat to‘ylarini o‘tkazib berayotir.  Mutasaddilarning to‘yonasi bo‘lmish velosipedlar esa to‘y bolalar ko‘nglini tog‘dek ko‘targan.

-Sunnat to‘yi bo‘layotgan bolalarning ichida mening o‘g‘lim ham bor. Javohirjon 8 yoshda, hanta qildirgandik, ammo to‘y qilib, elga osh berishga imkoniyatimiz yetmagandi, — deydi hayajonlarini yashira olmay Javohirning onasi. — Bayram oldi mahalla raisimiz kelib, “o‘g‘lingizning sunnat to‘yini qilib beramiz” deganida xursandligimdan yig‘lab yubordim. Mana shunday bag‘rikeng, og‘irimizni yengil, mushkulimizni oson qiladigan, doimo xol so‘rab, otalarcha g‘amxo‘rlik qiladigan davlatimiz, rahbarlarimiz borligidan bugun ko‘nglim shod, qaddim tik. O‘g‘limning to‘yiga nafaqat yaqinlarim, butun Surxon ahli kelib qutlayapti. Bundan ortiq baxt bormikan ona uchun.

Bir qator xonandalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar davraga bayramona fayz va shukuh bag‘ishladi.

S.NORMURODOVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun