SADOQAT TIMSOLI

Date:

Shunday odamlar borki, butun umri davomida qilgan barcha xatti-harakatlarida zarracha nuqson sezdirmaydi va hayotining har bir daqiqasi, qilgan amallari faqat ibratdan iborat bo‘ladi. Zulfiyaxonim Isroilova ham ana shunday ko‘pchilik ayollarimiz, qizlarimizga ibrat bo‘lgulik shoira edi.

1973-yil Samarqandda o‘qib yurgan kezlarimda Muzaffarbek ismli do‘stim bo‘lardi. U asli Baxmal tumaninig Qoraqishlog‘idan edi. Taqdir taqozosi bilan men ularnikiga mehmonga bordim. O‘shanda do‘stimning otasi Qodir bobo yetmish to‘rt yoshda bo‘lib, umr bo‘yi taqachilik bilan shug‘illangan ekanlar. Bobo bilan suhbatimiz qo‘shilib ketdi va u kishining ustaxonasida kirib, shoir Hamid olimjon haqida so‘radim. Bobo “Men ularning oilasi bilan bordi-keldi qilar edim. Hamidboy ukamiz qorindor, xushbichim, to‘ladan kelgan chiroyli yigit edi. Bir toshkentlik qizga uylandi. Ular taʼtil paytlarida Jizzaxga kelar, hamma ularning birgalikda xandon yurishlarni ko‘rib havas qilishardi. O‘shanda Zulfiyaxonning sevgi-sadoqati ko‘zlaridan ko‘rinib turar edi”- deb esladilar. Keyin afsuslanib: “Аfsuski, shafqatsiz dunyo ularni yoshligida bir-biridan ajratib qo‘ydi. Baribir sadoqatli ayol ekan-da, Hamidboyga vafodor yor bo‘lib qoldi” – deb xo‘rsinib qo‘ydi.

Ikki qalbning quvonchi damlari 8-9 yil orasida chinakamiga go‘zal va farovon o‘tgan edi. Nailoj, 1944 -yil Zulfiyaxonim suyanchig‘i, qalbining bir parchasidan bevaqt ajraldi. Shafqatsiz o‘lim ne-ne orzu havaslar bilan turmush qurgan shoirani hijron, ayriliq, hasrat dog‘iga giriftor qildi. Hasratlar shoirani tong kuychisiga aylantirdi. Shoiraning ushbu baytlarida ana shu haroratni, muhabbat kuchini, hijron dardlarini his qilish mumkin:

SOGINIB

Shu kunlarda bahorga zorman,

Navjuvonlik o‘ti tanda yo‘q.

Kuz singari zaʼfar ruxsorman,

Mevalar ham shoxlardan uzuq.

Shu kunlarda bahorga zorman,

Tanxastalik ezadi ruhim.

Tanho emas, qatorda borman,

Yana neni izlaydi suqim?

Shu kunlarda bahorga zorman,

Shaffof, yorqin kuy tilar ko‘ngul.

Yaxshiyamki, qalamga yorman,

So‘zlab turar bor dilimni ul.

Shu kunlarda bahorga zorman,

O‘z bahorim kabi bemisol.

Bahor qaytmas, yonuvchi qorman,

Yo no‘noq qo‘l butagan nihol.

Shu kunlarda bahorga zorman…

Shoira butun umri davomda o‘ziga gard yuqtirmadi, halol yashab, pokiza o‘tdi. Hech kimga bo‘yin egmadi. Qancha-qancha qiyinchiliklarga bardosh berib, ikki farzandni oq yuvib, oq tarab, birovlarning qo‘lida xor-zor qilib qo‘ymadi. Begona qo‘lga tutmadi. Umrinig oxirigacha, ya’ni ellik ikki yil davomida o‘zining jufti halolini yodidan chiqarmadi. U tom maʼnoda sadoqat timsoli aylandi.

Hamid Аlimov,

Muzrabot tumani 45-umumta’lim maktabining
 ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Haftalikka start berildi

Katta hayot ostonasida turgan yoshlar oliy ma’lumot diplomiga ega...

Kerakli yordam ko‘rsatildi

Og‘ir xastaligi tufayli sho‘rchilik Sayram Qurbanova mahalladagi ijtimoiy xodim...

Javobgarlik bor…

Ekologik xavfsizlikni ta’minlash va tabiiy resurslarni muhofaza qilish har...

Tartib tasdiqlandi

Hukumatning 07.07.2025-yilgi qarori bilan harbiy xizmatga tanlab olish tartibi tasdiqlandi. Nizom chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari...
KunTun
KunTun