Sherobodlik mas’ullar vodiyda

Date:

Tajriba almashish, yangidan yangi reja va loyihalar bilan tanishish kishiga motivatsiya beradi. Kelgusi ishlarida ana shunday g‘oyalardan ulgi oladi. Tajriba oshirishni an’anaga aylantirish ijobiy natijalarga debocha bo‘lishi shubhasiz.

Ayni shu maqsadda Sherobod tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari U.Panjiyev hokim yordamchilari va bir guruh tadbirkorlar bilan birgalikda Farg‘ona va Andijon viloyatlarida bo‘lib, mahallabay ishlash borasida hunarmandchilik markazi shuningdek, tadbirkorlik subyektlarida ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.


Mehmonlarning Farg‘ona viloyati Marg‘ilon tumanidagi hunarmandchilik markazi, Rishton tumanidagi sopol ishlab chiqarish sexi va muzeylardagi taassurotlari bir olam bo‘lgan bo‘lsa, Andijon shahridagi “DIROMM JEANS” jinsi shim ishlab chiqarish korxonasi yangi va istiqbolli loyihalarga zamin yaratsa, ajab emas.

S.Allayeva

Oldingi sahifaSADOQAT TIMSOLI
Keyingi sahifaNoma’lum mehmon

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun