Davlat xizmati zamonaviy usulda

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Bugun hayotning o‘zi bizdan professional, tezkor va samarali davlat xizmati tizimini shakllantirish, yangicha fikrlaydigan, tashabbuskor, el-yurtga sadoqatli kadrlarga keng yo‘l ochish bo‘yicha samarali tizim ishlab chiqishni talab etmoqda” degan fikrlari davlat fuqarolik xizmati tizimini zamonaviy standartlar asosida tashkil etishni taqozo etadi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat fuqarolik xizmati faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilning 28-yanvar kuni 2022-2026- yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonnning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi Prezident farmonida O‘zbekistonni keyingi 5 yilda rivojlantirishning 7 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida 100 ta maqsadlarga erishishga qaratilgan va 2022 -yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 398 ta chora – tadbirlar belgilandi.

          “Harakatlar strategiyasidan -Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida:

I – Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;

II – Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;

III – Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;

IV – Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;

V – Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;

VI- Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;

VII – Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.

Farmonga asosan Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi zimmasiga ham qator muhim vazifalar yuklatildi. Tasdiqlangan davlat dasturining I-yo‘nalishida Davlat fuqarolik xizmati tizimini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish belgilab berildi. Davlat dasturining 34-bandida ko‘rsatilgan davlat xizmatida korrupsiya omillarini bartaraf etish, kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilish va ular faoliyati samaradorligini xolisona baholashning huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsad-vazifalarini quyidagi mexanizmlar asosida amalga oshirish belgilandi.

          1. Davlat fuqarolik xizmati tizimiga kiruvchi davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni ishga qabul qilishda ochiq mustaqil tanlov orqali saralab olishning yagona qoidalarini ishlab chiqish.

2. Davlat xizmatiga kirish va uni o‘tash, kadrlar zaxirasini shakllantirish, xodimlarni baholash bilan bog‘liq jarayonlarni raqamlashtirishni nazarda tutuvchi “Raqamli davlat xizmati” loyihasini amalga oshirish.

 3. Davlat xizmatida sohalar kesimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish.

4. Davlat xizmatchilari va davlat organlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash bo‘yicha reyting tizimini joriy etish.

          Dasturning 35-bandida ko‘rsatilgan Davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish maqsad va vazifalarning ijrosi bo‘yicha quyidagi mexanizmlarning takomillashtirishga oid ustuvor vazifani amalga oshirish uchun quyidagilar belgilandi.

 1. Barcha darajadagi rahbar kadrlar va xodimlarning “hayot davomida ta’lim olish” (Life Long Learning) tamoyili asosida butun faoliyati davomida o‘zlariga zarur bo‘lgan ko‘nikmalarini rivojlantirib borishga qaratilgan malaka oshirish tizimining yagona qoidalarini belgilash.

 2. Davlat fuqarolik xizmatchisining uzluksiz malakasini oshirish va kasbiy rivojlanishi – davlat fuqarolik xizmatini o‘tashning muhim sharti etib belgilash.

 3. Davlat fuqarolik xizmatchilarining ko‘nikmalarini oshirishda davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini ishlab chiqish.

 4. Davlat fuqarolik xizmatchilarini o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning interfaol shakllari, shuningdek ularning yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashi uchun barchaga ochiq bo‘lgan elektron o‘quv dasturlari hamda platformalarni ishlab chiqish.

 5. Davlat fuqarolik xizmatchilarining malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining reyestrini yuritish.

 6. Vazirlik va idoralar huzuridagi malaka oshirish markazlarida davlat fuqarolik xizmatchilarini o‘qitish jarayonida umumiy ilmiy-uslubiy tizimni yo‘lga qo‘yish va monitoring qilish.

 7. Davlat fuqarolik xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish.

Davlat dasturining 36-bandida rahbarlik lavozimlari uchun munosib nomzodlarni tayyorlash maqsadida Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish ko‘zda tutilgan va ushbu bandning ijrosini ta’minlashda quyidagilarni amalga oshirish belgilangan.

  1. Respublika miqyosida zaxira kadrlarni saralash amaliyotini yo’lga qo’yish.

2. Zaxira kadrlarning bilim va ko‘nikmalarini doimiy ravishda oshirib borish choralarini ko‘rish.

Dasturning 36-bandidagi davlat organlarida ish vaqti va mehnat me’yorlari bo‘yicha talablarni qayta ko‘rib chiqish va ularga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish masalalari yuzasidan

 1. Davlat organlarida ish vaqti va mehnat me’yorlari bo‘yicha qonunchilikni qayta ko‘rib chiqish va Xalqaro Mehnat Tashkiloti standartlari asosida takomillashtirish.

 2. Davlat fuqarolik xizmatida xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilishga oid samarali mexanizmlarni ishlab chiqish.

 3. Davlat fuqarolik xizmatida mehnat munosabatlaridagi huquqbuzarliklar uchun ta’sirchan choralarni belgilash.

 4. Moslashuvchan ish rejimi va faoliyatni masofaviy tashkil etish mexanizmlarini belgilaydigan tartib ishlab chiqish.

 5. Davlat fuqarolik xizmatida mehnatni muhofaza qilishda monitoring faoliyatini joriy etish.

 6. Monitoring faoliyatida davlat organlari, xususan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining vakolatlari hamda funksiyalarining aniq chegarasini belgilash kabi choralarni ko‘rish, takomillashtirish vazifalari belgilangan. Albatta, mazkur ustuvor vazifalarni mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirish choralari ko‘riladi. 

Shu o‘rinda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ochiqlik va tezkorlikni ta’minlash maqsadida internet va ijtimoiy tarmoqlarning imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda yaratilgan qator qulayliklar haqida ham ma’lumot bermoqchimiz. vacancy.argos.uz – davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali ilm.argos.uz – davlat fuqarolik xizmatchilarining malakasini oshirish portali test.argos.uz – davlat xizmatchilari bilimini sinovdan o‘tkazish moduli  my.argos.uz – “Davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot-tahlil tizimi” dasturiy-apparat kompleksi  davlat xizmatchilari uchun yaratilgan interaktiv xizmatlar portali sanaladi.

Davlat boshqaruvi sohasini isloh qilish borasidagi ishlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqish, davlat xizmatchilarini muntazam o‘qitish hamda bilimini baholab borish tizimini yo‘lga qo‘yish, kadrlarni tanlashda ochiq va oshkora tanlov tizimini joriy etish, kadrlarni bilimli, qat’iyatli, korrupsiyaga toqatsiz qilib tayyorlash borasida qator vazifalar belgilab berildi.

Shu maqsadda, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan kadrlarni tanlashda eski usullardan voz kechib, ularning intellektual salohiyatini, ma’naviy fazilatlarini baholaydigan ochiq va oshkora tanlov tizimini joriy etishga qaratilgan ishlar jadallashtirildi. Agentlik tomonidan davlat idoralari bilan hamkorlikda davlat fuqarolik xizmatiga kirishda inson omilini kamaytirish hamda barcha fuqarolarga teng imkoniyatlar yaratish maqsadida Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali – vacancy.argos.uz platformasi ishlab chiqildi. Mazkur portal davlat organlari va tashkilotlaridagi vakant lavozimlarni egallash uchun nomzodlarning ochiq mustaqil tanlovlarini tashkil etadigan elektron tizim bo‘lib, internet tarmog‘ida “bir darcha” tamoyili asosida faoliyat ko‘rsatadi. Portal O‘zbekiston fuqarolariga vakant lavozimlarga elektron tarzda hujjat topshirish imkoniyatini beradi hamda nomzodlarning davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishida inson omilini minimal darajaga tushirishga xizmat qilmoqda.

Hozirgi kunga qadar mazkur portalga 60 dan ziyod vazirlik, idoralar, viloyat, tuman (shahar) hokimliklari ulangan bo‘lib, mavjud vakant lavozimlar bo‘yicha ochiq tanlovlar e’lon qilinib kelinmoqda.

Ilxom Karimov,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati filiali
 Kadrlar ma’muriyatchiligi bo‘limi bosh inspektori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sohaga ajratilgan mablag‘ manzilli sarflangan… mi?

Surxondaryo viloyatida 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini 2023-yilda...

Viloyat hokimining tashrifidan so‘ng…

Surxondaryo viloyat hokimining hududlarda bo‘lganini turli sohalarga, ulardagi muammolarga...

Natsumi Shida: “Boysunlik ayollar mehnatda, sabr-matonatda tengi yo‘q”

Ayol — u shunday xilqatki, jasorati, matonatiga tan beramiz....

Sevimli shoir dastxat ulashdi

Usmon Azim bilan bo‘ladigan davralar qiziydi, she’riyatga keng o‘rin...
KunTun
KunTun