“Zakovat”da 450 nafar talaba bellashdi

Date:

“Zakovat” intelektual o‘yini ekranlardan hayotimizga ko‘chdi-yu, har birimiz o‘z bilim va salohiyatimizni sinash bilan birga  vaqtimizni mazmunli o‘tkazishga, iqtidor va layoqatimizni kashf qilishga bir imkon topgandek bo‘ldik. Ayniqsa, maktab-u oliy ta’lim muassasalarida bu o‘yinning ommalashuvi ko‘plab bilimdonlarning yetishib chiqishiga zamin hozirlayapti. Termiz davlat universitetida ham “Zakovat” intelektual oʻyini tashkil etildi-yu, universitetdagi barcha bakalavriat va magistratura bosqichida taʻlim olayotgan talabalardan tuzilgan 72 ta jamoa o‘zaro kuch sinashdi.

Bellashuv haqiqiy bilimlar sinoviga aylandi. Savollar qatoridan esa mantiqiy, kishini mushohadaga chorlovchi mavzularda tuzilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Ilmga, tafakkur bahsiga tikilgan sarmoya esa beiz ketmadi. Chempionat soʻnggida “O‘zgacha” jamoasining bilimi ustun kelib, 1-o‘rinni egalladi va 2 500 000 so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdilar. 2-o‘rin 1 500 000, 3-o‘rinni olganlar esa 1 million so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

100 NAFAR FARZANDGA BAYRAM TUHFASI

Mustaqilligimizning 35 yilligi oldidan Termiz shahrida ijtimoiy ko‘makka muhtoj...

Moda yoʻlida dadil qadam

Samarqand viloyati Yoshlar markazida Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo...

MEHNAT VA TASHABBUS E’TIROFI

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan el-yurt...

Kampirtepada turizm infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov “Oks Aleksandriyasi” (Kampirtepa) arxeologiya...
KunTun
KunTun