Biz ham befarq emasmiz…

Date:

Yangilanayotgan Konstitutsiya jamiyatimizning evolyutsion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zaruratdir. Bu esa mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun gʻoyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yoʻlidagi ulkan qadamdir.

Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Termiz shahridagi Yoshlar markazida ham Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Milliy tiklanish partiyasi Markaziy kengashi vakillari, mahalliy Kengash deputatlari, taniqli san’atkorlar, talaba-yoshlar va Surxondaryo aholisi ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan yangilanayotgan Konstitutsiyada jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olingani, Bosh Qomusimiz tom maʼnoda xalq Konstitutsiyasi boʻlayotganidan dalolat berishi hamda Yangi Oʻzbekistonni qurish gʻoyasi atrofida butun jamiyat jipslashgani ta’kidlandi.

— Yurtboshimizning yoshlarga qarata “Albatta, yangilanayotgan Konstitutsiya, bu – sizlarning Konstitutsiyangiz” degan so‘zlari biz yoshlarni o‘z kelajagimizga befarq bo‘lmaslikka chorlamoqda, desam adashmagan bo‘laman, — deydi Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i yordamchisi O‘rol Tojiyev. — Biz yoshlarga berilayotgan e’tiborning qanchalik yuqori ekanligini, yangilanayotgan Konstitutsiyamizga alohida yoshlarga oid bobning kirilayotganligidan ham bilishimiz mumkin. Albatta, bizlarga berilayotgan mana shunday imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanib, o‘z kelajagimizga befarq bo‘lmagan holda yangilanayotgan Konstitutsiyani yo‘qlab ovoz beramiz.

Targ‘ibot tadbiri poytaxtimizdan tashif buyurgan taniqli san’atkorlarning gala konsert dasturi bilan davom etdi.

Surxontongi.uz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun