Surxondaryoda akkreditatsiyadan kimlar o‘tdi?

Date:

Mamlakatimizda muhim siyosiy jarayonga katta hozirlik ko‘rilayotganidan xabaringiz bor. Referendumning ochiq, shaffof, demokratik tamoyillarga mos tarzda o‘tishini esa ommaviy axborot vositalarining ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Ommaviy axborot vositalari – eng tezkor, hozirjavob va haqqoniy nazoratchi. Referendumda jurnalistlar uchun barcha zarur imkoniyatlar ta’minlanishi referendumning haqqoniy o‘tishida muhim o‘rin tutadi. Qonunchilikka muvofiq, ommaviy axborot vositalari vakillariga jarayonlarni kuzatish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi belgilangan.


Xo‘sh, savol tug‘iladi barcha OAV xodimlari, jurnalistlar ham o‘z-o‘zidan referendumni yorita oladimi? Referendumni yoritishda ommaviy axborot vositalari xodimlarining, jurnalistlarning qanday huquq va majburiyatlari bor? O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi 9-okrug saylov komissiyasi matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda bu kabi savollarga batafsil javob oldik.


Faqatgina Markaziy saylov komissiyasiga ariza topshirib, akkreditatsiyadan o‘tgan OAV xodimlari, jurnalistlargina referendumni bevosita ommaviy axborot vositalarida yoritishi mumkin bo‘ladi. Biroq, ushbu jarayonni yoritishda ham bir qator me’yoriy talablar bor.
Viloyatimizda ham ellikka yaqin jurnalistlar, televideniye, radio va matbuot nashrlari xodimlari, jurnalistlar markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lib, bugungi brifingda mandat va guvohnomalar o‘z egalariga topshirildi.

Adolat MO‘MINOVA,
Naimullo MUHIBULLOYEV

(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun