Pensiya va nafaqa miqdorlari oshirildi!

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-martdagi “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi PF-45-son Farmoniga asosan, 2023 yil 1 apreldan boshlab,

Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 324 000 so‘mdan 347 000 so‘mga;

Yoshga doir eng kam pensiya miqdori 633 000 so‘mdan 677 000 so‘mga;

Nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori 698 000 so‘mdan 747 000 so‘mga;

Zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori 500 000 so‘mdan 535 000 so‘mga;

Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda 500 000 so‘mdan 535 000 so‘mga;

O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori 500 000 so‘mdan 535 000 so‘mga;

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiya va nafaqasini oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori 500 000 so‘mdan 535 000 so‘mga va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun ko‘shib hisoblanadigan summa 185 ming so‘mdan 198 000 so‘mga oshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun