Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning oldini oliş bilan çeklanmaydi. Xodimning şa’ni va qadr-qimmati hurmat qilinişi, kamsitiş, tazyiq va zöravonlikdan himoyalanişi ham munosib mehnat şaroitining muhim mezonidir. Zero, özini xavfsiz his qilmagan inson kasbiy salohiyatini töliq namoyon eta olmaydi.Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-sentyabrdagi “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan iş muhitini ta’minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-345-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining jorıy yıl 28-sentyabrdagi “Davlat organlari va taşkilotlarida mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan iş muhitini ta’minlaş mexanizmlarini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 518-son qarori iş joylarida tazyiq va zöravonlikning oldini oliş, xodimlar huquqlarini himoya qiliş hamda murojaatlarni körib çiqiş mexanizmlarini takomillaştirişga qaratilgan.
Bu boradagi kafolatlar Konstitutsiyaning 40-moddasidagi murojaat qiliş, 42-moddasidagi munosib va xavfsiz mehnat şaroitida işlaş huquqlarida ham mustahkamlangan. Mehnat kodeksi esa tenglik va kamsitişga yöl qöymaslik tamoyillarini belgilaydi. Yangi qarorlarning ahamiyati ana şu huquqiy kafolatlarni iş joyida amalda ta’minlaş mexanizmlarini belgilaganida namoyon böladi.
Muammo faqat oçiq zöravonlikda emas
Iş joyidagi tazyiq har doim ham jismoniy tajovuz şaklida bölmaydi. Xodimni muntazam kamsitiş, haqoratlaş, qörqitiş, asossiz bosim ötkaziş, xizmat mavqeyidan foydalanib şaxsiy topşiriqlarni bajarişga majburlaş ham uning ruhiy holati va mehnat faoliyatiga salbiy ta’sir körsatadi. Ba’zan bunday holatlar odatiy iş talabi sifatida qabul qilinib, xodim muammo haqida gapirişga ham çöçiydi.
Xalqaro mehnat taşkiloti, hamkorligida ötkazilgan global sörovda qatnaşganlarning har beş kişidan biridan köproği mehnat faoliyati davomida zöravonlik yoki tazyiqning kamida bir şakliga duç kelganini bildirgan. Jumladan, 17,9 foizi ruhiy, 8,5 foizi jismoniy, 6,3 foizi jinsiy zöravonlikni boşdan keçirgan. Bu raqamlar Özbekistondagı holatni bevosita ifodalamaydi, biroq muammoning xalqaro miqyosdagi kölamini körsatadi.
Tazyiqqa uçragan xodimlarning murojaat qilmasligiga işdan ayrilişdan qörqiş, bosimga uçraş yoki şikoyati natija bermasligiga işoniş kabi omillar sabab bölişi mumkin. Şu bois himoya tizimi nafaqat taqiq va javobgarlikni, balki murojaatçining xavfsizligi va maxfiyligini ham ta’minlaşi kerak.
Yangi mexanizmlar: murojaatdan natijagaça
Vazirlar Mahkamasining 2026-yıl 28-sentyabrdagi “Davlat organlari va taşkilotlarida mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan iş muhitini ta’minlaş mexanizmlarini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 518-son qaror bilan davlat organlari va taşkilotlari, ustav kapitalida davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan yuridik şaxslar hamda tegişli davlat uluşiga ega taşkilotlarda tazyiq va zöravonlikning oldini olişga doir taşkiliy çoralar belgilandi. Ular qatorida içki qoidalarni işlab çiqiş, mas’ul xodimlarni tayinlaş, xodimlar va rahbarlar uçun öquv maşğulotlarini taşkil etiş kabı jıhatlar bor.
Yana bir muhim yangilik — “Xavfsiz va hurmatga asoslangan mehnat muhiti” elektron portalining joriy etilişidir. U orqali xodimlar tazyiq va zöravonlik holatlari yuzasidan murojaat qilişi, murojaatlarni tizimli körib çiqiş va tegişli ma’lumotlarni tahlil qiliş imkoniyati yaratiladi. Huquqbuzarlik alomatlari aniqlangan hollarda materiallarni vakolatli organlarga yönaltiriş ham nazarda tutilgan.
Biroq portalning samarasi murojaatlarni elektron qabul qiliş bilangina belgilanmaydi. Har bir murojaat xolis örganilişi, ma’lumotlar maxfiy saqlanişi, murojaatçi keyingi bosimdan himoyalanişi lozim. Murojaatni körib çiqişda manfaatlar töqnaşuviga yöl qöymaslik va barça tomonlarning huquqlariga rioya etiş ham muhim.
Yangi tartiblarni joriy etiş bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi. 2026-yil 1-dekabrga qadar taşkilotlarda içki qoidalarni işlab çiqiş va mas’ul xodimlarni belgilaş vazifasi qöyilgan. Portalni işga tuşiriş hamda taşkilotlarni unga ulaş esa 2027–2028-yillarda belgilangan bosqiçlar asosida davom ettiriladi.
Asosiy mezon — xodim işonçi
Xavfsiz mehnat muhitini şakllantiriş faqat nizom yoki elektron platforma bilan hal bölmaydi. Bunda taşkilot rahbarlari, kadrlar bölimi, yuristlar, kasaba uyuşmalari va mehnat muhofazasi böyiça mas’ullarning hamkorligi, xodimlarning esa öz huquqlari va murojaat tartibidan xabardorligi muhim.
Şu jihatdan, Xalqaro mehnat taşkilotining 2019-yilda qabul qilingan 190-sonli “Mehnat sohasida tazyiq va zöravonlikka barham beriş töğrisida”gi Konvensiyasi ham e’tiborga molik. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-sentyabrdagi “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan iş muhitini ta’minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-345-son qarorida uni ratifikatsiya qiliş böyiça takliflar tayyorlaş vazifasi belgilangan. Bu mehnat sohasidagi xalqaro standartlarni milliy qonunçilik va amaliyotga uyğunlaştiriş yölidagi muhim qadamdir.
Yangi mexanizmlarning haqiqiy samarasi murojaatlar soni yoki ötkazilgan treninglar bilan emas, xodimlarning öz huquqlarini bilişi, muammo yuzaga kelganda qörqmasdan murojaat qila olişi, şikoyatlarning xolis körib çiqilişi va tazyiq holatlarining takrorlanmasligi bilan ölçanadi.
Zero, hurmat va işonçga asoslangan mehnat muhiti xodim huquqlarini himoya qiliş bilan birga, taşkilotning samarali va barqaror faoliyatiga ham xizmat qiladi. Xavfsiz mehnat muhiti — inson qadrini mehnat munosabatlarining markaziga qöyadigan boşqaruv madaniyatidir.
R.Norliyev,
Termiz davlat pedagogika instituti Falsafa, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi mudiri, falsafa fanlari nomzodi, dotsent
A.Usmanov,
Termiz davlat pedagogika instituti öqituvçisi

