Har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida yurtimizda Tibbiyot xodimlari kuni keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan Boysun tumanida soha vakillari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda tuman hokimi ishtirok etib, tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi, ularning xalq salomatligini asrash yo‘lidagi mas’uliyatli va fidokorona mehnatini e’tirof etdi.
Tadbir davomida sohaning bir guruh ilg‘or va fidoyi xodimlariga tuman hokimi, tuman prokurori, IIB boshlig‘i hamda Davlat xavfsizlik xizmati tuman bo‘limi boshlig‘i tomonidan maxsus statuетkalar, tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bayram dasturi tuman madaniyat bo‘limi xodimlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bilan davom etib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

