Referendumni kimlar yorita oladi?

Date:

Fuqarolarning davlat, viloyat, mahalliy ko‘lamda eng muhim masalalar bo‘yicha ovoz berish yo‘li orqali fikrlarini bevosita bildirishi — bu referendumdir. Joriy yilning 30-aprelida yangilanayotgan Konstitutsiya uchun referendum bo‘lib o‘tishi haqida ko‘pchilikning xabari bo‘lsa kerak.
Ushbu muhim siyosiy tadbirni keng jamoatchilikka yetkazish, aholini referendumga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 9-Surxondaryo okrug komissiyasi matbuot markazida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.


Viloyatda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkazuvchi 860 ta saylov uchastkalari tuzilgan. Okrug komissiyasi huzurida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda faoliyat olib borish uchun 4 kishidan iborat matbuot markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Referendum o‘tkazuvchi uchastkalarning 685 tasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, 58 tasi kollej, litsey va texnikumlarda, 13 tasi mahalla fuqarolar yig‘inlarida, 19 tasi tibbiyot muassasalarida, shuningdek, 7 tasi oliy o‘quv yurtlari binolarida, 25 tasi esa davlatga qarashli tashkilot va korxonalarda, 33 tasi davlat xizmatlari markazlari, adliya bo‘limlarida, madaniyat va sport markazlarida, 16 tasi harbiy qism va ozodlikdan mahrum etish muassasalarida, 4 tasi tadbirkorlik subyektlari binolarida tuzilgan. Referendum o‘tkazuvchi uchastkalar OAVda e’lon qilingan bo‘lib, joylarda targ‘ibot tadbirlari keng ko‘lamda o‘tkazilmoqda. Bu haqda aholining xabardorligi oshmoqda.


Milliy qonunchiligimizga ko‘ra mavjud referendum uchastkalarining samarali faoliyat yuritishi uchun xalq deputatlari shahar va tuman kengashlarining sessiyalarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxona, tashkilot, muassasalari tomonidan uchastka komissiyalari a’zoligiga nomzodlar ro‘yxati ko‘rib chiqilmoqda.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 9-Surxondaryo okrug komissiyasi raisi Abdusalom Xo‘jaqulov yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berdi.
Referendumni ochiq, oshkora va milliy qonunchilikka muvofiq tarzda o‘tkazish va referendumda ishtirok etadigan fuqarolar uchun qulayliklar yaratish uchun uchastkalarda zaruriy shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Referendumi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, viloyatimizda referendumni o‘tkazish va unga tayyorgarlik jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish hamda aholining bu boradagi taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida birinchi galda referendum o‘tkaziladigan kuni jarayonlarni bevosita yoritish uchun avvalo, OAV vakillari akkreditatsiyadan o‘tishi lozimligi alohida ta’kidlandi.
Ushbu muhim siyosiy tadbirni keng yoritishda OAV vakillari har qachongidan faol bo‘lishi kerak.

Adolat MO‘MINOVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

678 nafar aholi ichimlik suvi bilan ta’minlandi

Denov tumani "Yoshlik" mahallasi Alamjahon qishlog‘i aholisi uchun diametri...

Mashg‘ulotlar boshlandi

O‘zbekistonda qirg‘iz-o‘zbek kompyuter qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Mashg‘ulotlar 14-oktyabrga...

Kaskad usulida…

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan AQShning Mehribonlik korpusi...

“Yashil makon” umummilliy loyihasiga start berildi

Ezgu amallarni o‘zida mujassam etgan “Yashil makon” umummilliy harakati...
KunTun
KunTun