Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida “Uzbekistan Para Athletics Open Championships–2026” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Dunyoning 18 dan ortiq mamlakatidan 300 nafardan ziyod sportchi qatnashgan bellashuvlarda SharG‘un shahar sport maktabi tarbiyalanuvchisi Ma’rufjon Murodulloyev Fayzullo o‘g‘li ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
T/46 klassi bo‘yicha bahslarda sportchi 1500 metr masofaga yugurishda marraga birinchi bo‘lib yetib kelib, oltin medalni, 400 metr masofaga yugurishda esa ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Bu natija sportchining xalqaro maydondagi navbatdagi muvaffaqiyati bo‘ldi.

