Mavsum boshlandi…

Date:

Shunday bir mavsum borki, bir oylik mashaqqati yilga tatiydi. Ha, bu ipak qurti boqish mavsumi. Bu mavsumning qiyinchiliklarini, o‘ziga xos gashtini faqat va faqat umrini pillachilikka bag‘ishlagan, sochlari shu sohada oqargan odamlargina yaxshi biladi.

Mehnatkash ipak qurtlari ham g‘umbak to‘qib jon fido qilgani bor mo‘jiza sodir bo‘ladigan ushbu jarayonning mahsuli bo‘lmish ipakning qadri nihoyatda baland. Buni o‘zbek qizlarining egnida yal-yal tovlanayotgan atlas-u adras matolarining nechog‘lik nafisligidan, ko‘rgan ko‘zni quvnatishidan bilsa bo‘ladi. Ammo, bu jarayonlarga qadar bo‘ladigan mehnat-u mashaqqatni so‘z bilan tushuntirish qiyin.

Endigina urug‘dan chiqqan bir kaftgina ipak qurti qimirlashni boshladimi – tamom, butun oilaning halovati buziladi deyavering. Ko‘zga-da, ko‘rinar-ko‘rinmas g‘imirlayotgan jonivorning ko‘rinishiga ishonmang, chunki uning ishtahasi muddat yetganida sizni mamnun qilishi aniq.
Pillachilik tarmoq sifatida, ozuqa manbai bo‘lgan tutzorlar barpo etish, tutning yangi navlarini va ipak qurtining yangi zotlarini yaratish, naslchilik ishlari, ipak qurtini boqib, ipakchilik sanoati uchun tirik pilla yetishtirish, pillani quritib, quruq pilla standarti talablariga mos keltirib, maxsus korxonalarga topshirish va pillaga dastlabki ishlov berish jarayonlarini qamrab olish maqsadida Bandixon tumanida ham pilla qurtlarini tarqatish ishlari jadallik bilan boshlab yuborildi.
Tuman uchun jami 1 ming 105 quti ipak urug‘i ajratilgan bo‘lib, Bandixon tumani hokimi A.Allamuradov boshchiligida 148 nafar fermer xo‘jaliklariga 598 quti ipak qurti urug‘i tarqatildi. Bu kabi olib borilayotgan ishlar ipakchilik sanoatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Koʻprik foydalanishga shay

Sherobod tumanida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 va M-41...

Bayramga tuhfa

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning...

Yoshlarga munosib tuhfa

Tashabbusli byudjetning 2025-yil 1-mavsumi doirasida Denov tumanidagi O‘zbekiston MFY...

Termiz shahrida 1,5, Muzrabot tumanida 6,0 kilometr…

Surxondaryo viloyatida aholi farovonligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi...
KunTun
KunTun