Buxoro bug‘usi otib o‘ldirilgan

Date:

“Qizil kitob” — aslida bu nomning o‘zi insoniyatni tiriklikning yo‘qolish xavfidan ogohlantirayotgandek vahima uyg‘ota olishi, sergaklantirishi kerak. Ona tabiat qo‘ynidagi noyob hayvonlar-u o‘simliklarni asrashga, hech bo‘lmaganda zarar yetkazmaslikka undashi lozim. Aks holda hozir biz ko‘rib turgan hayvonlarni kelgusi avlodlar faqat suratlarinigina tomosha qilishlariga to‘g‘ri keladi.
Buning uchun ochiqlikda shataloq otib yurgan yovvoyi hayvonlar ko‘zimizga go‘sht bo‘lib ko‘rinmasligi lozim. Aholi o‘rtasida kerakli targ‘ibot-tashviqot hamda reyd tadbirlarini olib borishda Tabiat resurslari vazirligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi davlat inspektorlari, DXX Chegara qo‘shinlari va viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi bilan hamkorlikda qo‘shma nazorat tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda. Ana shunday nazorat tadbirlari davomida Muzrabot tumani “Alpomish” mahallasining chegaraoldi hududida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan, taxminan 6-7 yoshli Buxoro bug‘usi (erkak jinsiga mansub Xongulini) otib o‘ldirilganligi aniqlandi.
Buxoro bug‘usi va tanasidan chiqqan 4 ta ov miltig‘i o‘qlari ashyoviy dalil sifatida olindi. Xonguli qonuniy to‘xtamga kelgunga qadar saqlanish uchun Termiz hayvonot bog‘i muzxonasiga topshirildi. Mazkur noyob hayvon turini nobud qilish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi.
Aniqlangan holat yuzasidan birlamchi hujjatlar rasmiylashtirilib, Surxondaryo viloyat prokuraturasiga taqdim etildi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xalqaro hamkorlik kengaymoqda

Termiz davlat universiteti delegatsiyasi ayni kunlarda Xitoyning Szyansu universitetida...

Jarang sochdi “So‘ngi qo‘ng‘iroq”

Surxondaryo viloyatidagi maktablarda bugun erta tongdanoq o‘zgacha hayajon sezildi....

Samarqandga yo‘l: yangi tarixiy asar

Ispan yozuvchisi va tarixchisi Antonio Torremocha Silvaning “Samarqandga elchilik”...

“Kelajak intellekti” g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan “Kelajak intellekti” olimpiadasining viloyat bosqichi yosh...
KunTun
KunTun