Mahsulotlar eksporti boshlandi

Date:

Avvallari erta bahorda ekin-tikin ishlari boshlanishi haqida to‘lqinlanib so‘z boshlansa, hozirgi dehqonchilikning hadisini olgan dehqon-u fermerlarimiz yilning to‘rt faslida ham dasturxonimizni sabzavot-u poliz ekanlari bilan bezashimizda jonbozlik ko‘rsatishayotir. Angor tumanining “Ilg‘or”, “Bahor”, “To‘lqin”, “Tallimaron” kabi mahallalari aholisi ham bo‘sh kelmay erta bahordan sabzavotlar, jumladan, karam, gulkaram, lavlagi, daykon kabi ekinlarni yetishtirib, yurtimizdagi mahalliy bozorlarga olib chiqishdi. Tinib-tinchimagan angorliklar bu bilan kifoyalanmay mahalliy bozordan ortib qolgan mahsulotlarini eksport qilmoqchi.

Shu maqsadda dehqonlar yetishtirgan mahsulotlarni xarid qilish, mahsulotlarni qadoqlash, yuklash bilan mashg‘ul. Bir so‘z bilan aytganda, logistika jarayonlari qizg‘in tus olgan. Surxondaryo viloyat hokimi Angor tumanining “Ilg‘or” mahallasida bo‘lib, hosil yig‘ishtirish jarayonlari bilan tanishib, eksportyor tadbirkor Muhiddin Iskandarov bilan jarayonlar haqida suhbatlashdi. Mahsulotlarni xarid qilish, joylash, saqlash va eksport qilish jarayonlarini tartibga keltirish, kengaytirish lozim. Shu maqsadda viloyat rahbari logistika markazi uchun yer maydonlarni tanlash va loyiha chizmalarini ishlab chiqish bo‘yicha masʼullarga aniq vazifalar yuklandi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun