Qashqadaryoda seminar tashkil etildi

Date:

Dunyoga kelgan bola tug‘ilganidan yoshga yetguniga qadar, qolaversa, turli yosh bosqichlarida ma’lum kasalliklarga qarshi emlanadi. Ba’zida yosh onalar farzandining bezovtalanishidan cho‘chib, emlatishdan bosh tortish holatlari ham uchraydi. Aslida esa bu xato. Sababi emlash o‘sha kasallikni yengishga bola organizmida immunitet paydo qiladi. Albatta, emlanish, vaksinaning foydasini, ayniqsa, pandemiya davrida juda yaxshi tushunib yetdik.

Emlanishning foydali jihatlarini tushuntirish maqsadida Qashqadaryo viloyatida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika Sanitariya epidemiologiya farovonligi va jamoat salomatligini muhofaza qilish xizmati, YUNISEF tashabbusi bilan seminar tashkil etildi. Seminarda qizamiq va qizilchaga qarshi va milliy kalendarga kiritilgan kasalliklarga qarshi emlash ishlarini ahamiyati to‘g‘risida aholini xabardor qilish, ommaviy-axborot vositalari, gazeta va internet, telegram sahifalari orqali berilayotgan xabarlarni xolis va haqqoniy yoritish masalalariga ahamiyat qaratildi.
—Bilasizmi, bolalarimiz vaqtli vaksina olsa, unda kasallikka qarshi immunitet hosil bo‘ladi, — deydi Dilorom Tursunova. — Va natijada vaksina olgan, ammo kasal bo‘lgan bola kasallikni oson yengib o‘tadi. Eng muhimi, yurtimizda 1 kunlik chaqaloqdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 20 turdagi kasallikka qarshi vaksinalar qo‘llaniladi. Bu esa farzandlarimizni sog‘-salomat unib o‘sishiga xizmat qiladi.
O‘quv-seminar yuqori saviyada davom etmoqda.

D.Qo‘zimurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...

Yoshlar yorug‘ va shinam sinfxonalarda o‘qiydi

Bandixon tumanida yosh avlod uchun zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratishga...
KunTun
KunTun